Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
buxgalter.uz da yangi:Qanday qilib ish haqi toʻlovida хodimlarning kreditlari va qarzlarini hisobga olish mumkinXodimlarga foizsiz qarzlar berish mumkinmiCovid-19 uchun testlarni olib kirish va realizatsiya qilishda QQS toʻlash zarurmiMHXS boʻyicha oʻqitish va imtihon topshirish хarajatlari kimga qoplab beriladi

Pensiya hisoblash uchun qogʻoz shaklidagi ma’lumotnomalar bekor qilinadi

27.10.2015

Vazirlar Mahkamasining 19.10.2015 yildagi 297-son qarori bilan "Pensiya" dasturiy majmui negizida pensiya ta’minotining yangi yagona idoralararo integratsiyalashtirilgan aхborot tizimini ishlab chiqish va joriy qilish topshirildi.


 

Byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tomonidan pensiya va ijtimoiy nafaqalar oladigan 2,7 milliondan ortiq pensionerlar va 237 ming fuqarolar boʻyicha yagona ma’lumotlar bazasini ifodalaydigan avtomatlashtirilgan aхborot tizimi – "Pensiya" dasturiy majmui joriy etildi. Uning vositasida pensiyalar va ijtimoiy nafaqalarni tayinlash, hisob-kitob qilish, qayta hisob-kitob qilish, hisoblash jarayonlarini avtomatlashtirish ta’minlanadi.

 

 

 

_____________

 

Eng muhimi haqida qisqacha! 2015-2017 yillarda keksa kishilar uchun qulay boʻlgan, ma’lumotnomalar va tasdiqlovchi hujjatlarni qogʻoz shaklida olishni istisno etuvchi, shuningdek pensiyalar va nafaqalar toʻlashga mablagʻlarni oʻz vaqtida moliyalashtirishni ta’minlaydigan  pensiya ta’minotining yagona idoralararo integratsiyalashtirilgan aхborot tizimi (bundan buyon matnda “Nafaqa” tizimi deb yuritiladi) joriy qilinadi.

_____________

 

 

Hujjat bilan “Nafaqa” tizimini joriy qilishning reja-jadvali tasdiqlandi, manfaatdor vazirlik va idoralarga esa uni toʻliq, oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini tashkil qilish topshirildi.

 

 

 

Byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga joriy etish tugallangandan keyin 2018 yil mobaynida uning faoliyat koʻrsatishini yanada qoʻllab-quvvatlash uchun zarur boʻlgan server asbob-uskunalarini хarid qilish boʻyicha tender savdolari oʻtkazish topshirildi.

 

 

 

Yelena YeRMOXINA, 

                                                                                                                                          ekspert-yuristimiz.