Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Pensiyalarni yangi nizomga asosan qayta hisoblaymiz

19.01.2018


Moliya vazirining buyrugʻi (roʻyхat raqami 2963, 2018 yil 12 yanvar) bilan Pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. U Prezidentning 2017 yil 20 noyabrdagi PF-5245-son “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmonining 4-bandiga muvofiq ishlab chiqildi.

 

Eslatib oʻtamiz, 2017 yil 1 dekabrdan boshlab yangi eng kam:

  • ish haqi - oyiga 172 240 soʻm;
  • yoshga doir pensiyalar - oyiga 336 880 soʻm;
  • bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa - oyiga 336 880 soʻm;
  • zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa oyiga 206 720 soʻm miqdorida belgilangan edi.

 

Qabul qilingan Nizomga ilovada 1.01.1973 yildan boshlab  hozirgi vaqtga qadar davrda amal qilgan eng kam ish haqi miqdorlari aks ettirilgan. Bu ma’lumotlar 2017 yil 1 dekabrdan keyin ish haqining yakka tartibdagi koeffitsiyentlarni  qoʻllagan holda yangi tayinlanadigan pensiyalarni hisoblab chiqarish uchun olinadigan ish haqini tenglashtirish uchun qoʻllaniladi.

 

Ish haqining yakka tartibdagi koeffitsiyentlarni  qoʻllagan holda pensiyalarni hisoblab chiqarish uchun olinadigan ish haqini qayta hisoblash tartibi alohida Nizom (8.09.2011 yildagi 252-son VMQga 2-ilova) bilan belgilanadi.

 

2017 yil 1 dekabrgacha tayinlangan pensiyalar 1,15 baravar miqdorga oshirish yoʻli bilan qayta hisoblanadi.

 

Masalan, 2017 yil 1 dekabrgacha pensioner 521 250 soʻm miqdorida yoshga doir pensiya olgan. Uni 1,15 koeffitsiyentni qoʻllagan holda qayta hisoblashda uning hozirgi vaqtda amal qiladigan miqdorini olamiz – 599 437,5 soʻm (521 250 х 1,15).  2017 yil dekabr oyidan boshlab pensioner pensiyaning ushbu qayta hisoblangan summasini olishga haqli.

 

Pensiyani hisoblash uchun EKIHning 8 baravaridan ortiq boʻlmagan (172 240 х 8 = 1 377 920 soʻm) oʻrtacha oylik ish haqi olinadi.

 

Ish haqining yakka tartibdagi koeffitsiyent qoʻllanilgan yangi oʻrtacha oylik ish haqi miqdori EKIHning 8 baravari va undan yuqori miqdorida boʻlgan hollarda, pensiyalarni qayta hisoblashni amalga oshirishda ish haqi miqdori EKIHning 8 baravari bilan chegaralanib, ish stajining davomiyligiga bogʻliq ravishda pensiyalarni hisoblab chiqarish uchun qabul qilinadigan foizga koʻpaytiriladi.

 

Pensiyani tayinlash uchun zarur ish stajiga (erkaklar uchun – kamida 25 yil, ayollar uchun – kamida 20 yil, nogironlar uchun – “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti toʻgʻrisida”gi Qonunning 17-moddasiga muvofiq) ega boʻlmagan takdirda, qayta hisoblashdagi pensiya miqdori mavjud stajga mutanosib ravishda belgilanadi.

 

Barcha хollarda pensiyalarga ustama amaldagi eng kam oylik ish haqidan (172 240 soʻm) kelib chiqib aniklanadi.

 

Nizom Bandlik va meхnat munosabatlari vazirligi bilan kelishilgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 12.01.2018 yilda kuchga kirdi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 



Muzaffar Mirzaaniyev.