Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
«Xalq banki» sayti orqali ShJBPH boʻyicha hisobot qanday topshiriladi Koʻchmas mulkka boʻlgan mulk huquqini oʻtkazishni rasmiylashtirish va soliq oqibatlari«Asl Belgisi» tizimidagi nomuvofiqliklar: markirovkalangan mahsulotlar bilan ishlashda nimalarni hisobga olish kerakXodim qarindoshining vafoti munosabati bilan qanday yordam olishi mumkin Norezidentlarning daromadlaridan toʻlov manbaida foyda soligʻini toʻlash Foyda soligʻi hisob-kitobida boshqa daromadlarni qanday aks ettirish mumkin

Poytaхt va viloyatlarda bandlikka koʻmaklashish markazlarining yangi binolari quriladi

31.01.2018

 

Vazirlar Mahkamasining15.01.2018 yildagi 27-son qarori bilan 2018 — 2021 yillarda tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazlarining (ABKM) moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash dasturi tasdiqlandi.

 

ABKM binolarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasining umumiy qiymati 79 mlrd 121 mln soʻmlik mablagʻlari hisobiga amalga oshirilishi nazarda tutilmoqda.

 

Ma’lumot uchun: Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasining moliyalashtirish manbalari va ushbu mablagʻlar hisobiga moliyalashtiriladigan yoʻnalishlar bu yerda koʻrsatilgan.   

 

Masalan, poytaхtimizda ushbu mablagʻlar hisobiga Olmazor, Bektemir, Chilonzor, Shayхontohur va Yunusobod tuman ABKMning yangi binolarini qurish, shuningdek 5 ta tumanda mavjud boʻlganlarini kapital ta’mirlash rejalashtirilayotir.

 

Bundan tashqari, respublika viloyatlaridagi ABKMning yangi binolarini qurish uchun qoʻshimcha ravishda Davlat byudjetidan 15 mlrd 150 mln soʻm ajratiladi. Shu tariqa, toʻrt yillik dasturni moliyalashtirishning umumiy hajmi 94 mlrd 271 mln soʻmni tashkil etadi.

 

Ushbu hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 22.01.2018 yilda kuchga kirdi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 

 

 Oleg Zamanov.