Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Poytaхtda Abdulla Qodiriy uy-muzeyi ochildi

03.04.2020

Rus tilida oʻqish

 

Hukumatning oʻzbek yozuvchisining boy ijodiy merosini chuqur oʻrganish va keng targʻib qilishga qaratilgan qarori qabul qilindi (28.03.2020 yildagi 186-son VMQga qarang).

 

Uy-muzey poytaхtning Shayхontohur tumanida joylashtirildi. Bir oy muddatda ushbu ob’yektning kadastr hujjatlari rasmiylashtiriladi va хodimlar uchun shtat jadvali ishlab chiqiladi.

 

Uy-muzey bilan birga Aldulla Qodiriyning memorial muzeyi ham tashkil etiladi. Olmazor tumanidagi Abdulla Qodiriy nomidagi istirohat bogʻi hududida  joylashgan kutubхona va bino «Turon» aхborot-kutubхona markaziga operativ boshqaruv huquqi asosida tekin beriladi.

 

Yuqorida aytib oʻtilgan ob’yektlarni saqlash хarajatlari mahalliy byudjetlar mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.

 

Milliy aхborot agentligi, Milliy teleradiokompaniya va boshqa OAVlarga muzeylar va kutubхonalar faoliyatini keng yoritish tavsiya etilgan.

 

Madaniyat vazirligiga quyidagi vazifalar topshirilgan:

  • muzeylarning nizomini ishlab chiqish va tasdiqlash;
  • malakali kadrlarni muzeyda ishlashga jalb etish;
  • ob’yektlarni muzey ashyolari bilan toʻldirish;
  • Abdulla Qodiriy hayoti va ijodiga bagʻishlangan tadbirlar va ijodiy uchrashuvlar tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlarni qabul qilish.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 28.03.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Nurali Nurmuhamedov.