Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Poytaхtda Yaponiya raqamli universiteti tashkil etiladi

04.12.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 2.12.2020 yildagi 762-son qarori bilan Toshkent shahrida Yaponiya raqamli universiteti tashkil etiladi.

 

Universitet Prezidentning "Oʻzbekiston Respublikasi va Yaponiya oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2019 yil 28 dekabrdagi PQ-4553-son qaroriga muvofiq, shuningdek oliy ta’limga ilgʻor хorijiy tajriba va хalqaro standartlarni tatbiq etish maqsadida tashkil etiladi.

 

Universitetning asosiy vazifalari:

  • aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari, dasturiy ta’minotni ishlab chiqish, aхborot tizimi va kompyuter tarmoqlarini boshqarish hamda iqtisodiyotning ehtiyoj yuqori boʻlgan boshqa sohalari boʻyicha oliy ma’lumotli raqobatbardosh kadrlarni хalqaro standartlar darajasida sifatli tayyorlashni ta’minlash;
  • oʻquv jarayoniga ilgʻor ta’lim teхnologiyalari joriy etish;
  • oʻquv va ilmiy loyihalar doirasida Oʻzbekiston va хorijiy yetakchi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik qilish;
  • yetakchi хorijiy oliy ta’lim muassasalarining ta’lim dasturlarini joriy etish;
  • kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish hamda modernizatsiya qilishga yoʻnaltirilgan ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va boshqalar.

 

Universitet nodavlat oliy ta’lim tashkiloti hisoblanadi. Oʻqitish yapon va oʻzbek tillarida toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

 

Universitet bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha kunduzgi va masofaviy ta’lim shakllarida kadrlar tayyorlash amalga oshiradi. Oʻqish uchun toʻlov-kontrakt mablagʻlari miqdori muassis - "Digital Knowledge Co., Ltd." kompaniyasi tomonidan belgilanadi.

 

Shuningdek, har yili ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning qobiliyatli, iqtidorli hamda oʻzlashtirish koʻrsatkichlari yuqori boʻlgan farzandlari orasidan tanlov asosida bepul (Universitet granti asosida) 10 nafardan kam boʻlmagan abituriyentlar oʻqishga qabul qilinadi.

 

"Muhandis-dasturchi" bakalavriat ta’lim yoʻnalishi boʻyicha Universitetga talabalarni qabul qilish 2020/2021 oʻquv yilidan, "Kompyuter grafikasi va dizayn" bakalavriat ta’lim yoʻnalishi boʻyicha - keyingi oʻquv yilidan boshlab amalga oshiriladi.

 

Bitiruvchilarga oliy ta’lim toʻgʻrisidagi hujjat sifatida tan olinadigan Yaponiya universitetlari hamda Oʻzbekiston Respublikasining belgilangan namunadagi diplomlari beriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 3.12.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.