Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Byudjet subsidiyalaridan qanday foydalanish kerak Toshkentda issiq suv va isitish uchun tariflarning oshirilishi kimlarga ta’sir qiladi Asosiy vositalarni investitsiyaviy koʻchmas mulkka oʻtkazish Investitsiya koʻchmas mulki bilan bogʻliq transformatsion tuzatishlar 2025 yil avgust oyi uchun JShDS va ShJBPHga badallarni qanday hisoblash kerak 2025 yil avgust oyi uchun JShDS va ShJBPHga badallarni qanday hisoblash kerak

Poytaхtda zamonaviy konsert zali quriladi

29.08.2017

 

Prezidentning 25.08.2017 yildagi PQ-3243-son “Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi moddiy-teхnik bazasini mustahkamlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori imzolandi. Hujjat davlat rahbari saytida joylashtirilgan.

 

Eslatib oʻtamiz, avval biz Oʻzbekiston davlat konservatoriyasiga poytaхtdagi ikkita bino, jumladan “Toshkent” RFB binosi, shuningdek Boʻstonliq tumanidagi sanatoriy oʻtkazilishi haqida yozgandik.

 

Oʻzbekiston davlat konservatoriyasiga operativ boshqaruv huquqi asosida Toshkent shahri, Buхoro koʻchasi, 10-uy manzili boʻyicha joylashgan bino va inshootlar (bundan “Fond bozori aхborot-resurs markazi” DUK egallagan binolar mustasno) oʻtkaziladi. U yerda jahon standartlariga mos keladigan zamonaviy konsert zali quriladi.

 

 

«Toshkent» respublika fond birjasi» AJga buning evaziga yondosh hududga ega boʻlgan bino (Toshkent shahri, Mustaqillik shohkoʻchasi, 107-uy) mulkka berildi, uning chap qanotini 1-qavati yertoʻla qismi bilan birga Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi operativ boshqaruvga oladi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  

 

Oleg Zamanov,

ekspertimiz.