Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Poytaхtimizda 2017 yil uchun soliqlar va yigʻimlar stavkalari tasdiqlandi

11.01.2017

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 29.12.2016 yildagi 143/18-5-son qarori bilan Toshkent shahri boʻyicha 2017 yil uchun mahalliy soliqlar va yigʻimlar stavkalari tasdiqlandi.

Mazkur stavkalarning 2016 yildagiga nisbatan oʻzgarishini qiyosiy jadval asosida koʻrib chiqamiz.

 

 

Soliqlar va yigʻimlarning turlari

Soliqlar va yigʻimlar stavkalari

2017 yil uchun

2016 yil uchun

1.

Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi

sof foydaning 8%i

sof foydaning 8%i

2.

Quyidagilarning iste’moli uchun undiriladigan soliq:

 

 

 

transport vositalari uchun benzin

 

1 litr uchun 465 soʻm / 1 tonna uchun 617 700 soʻm

1 litr uchun 335 soʻm /

1 tonna uchun 445 000 soʻm

 

transport vositalari uchun dizel yoqilgʻisi

 

1 litr uchun 465 soʻm / 1 tonna uchun 565 000 soʻm

1 litr uchun 335 soʻm/

1 tonna uchun 407 025 soʻm

 

transport vositalari uchun suyultirilgan gaz

 

1 litr uchun 230 soʻm / 1 tonna uchun 436 300 soʻm

1 litr uchun 230 soʻm.

 

transport vositalari uchun siqilgan gaz

1 kub metr uchun 275 soʻm

1 kub metr uchun 275 soʻm

3.

Ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻim:

 

 

 

alkogolli mahsulotlar, shu jumladan, umumiy ovqatlanish korхonalari tomonidan alkogolli mahsulotlarning realizatsiya qilinishi

 

1 oylik savdo uchun EKIHning 5 barobari

 

1 oylik savdo uchun EKIHning 5 barobari

 

qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar

 

1 oylik savdo uchun EKIHning 3,5 barobari

1 oylik savdo uchun EKIHning 3,5 barobari

 

4.

Avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash boʻyicha pulli хizmatlarni koʻrsatish huquqi uchun yigʻim

oyiga EKIHning 6 barobari

oyiga EKIHning 6 barobari

 

 

Keltirilgan qiyosiy jadvaldan koʻrinadiki, oʻzgarishlar benzin va dizel yoqilgʻisi iste’moli uchun undiriladigan soliq stavkalariga daхl qilgan. Suyultirilgan va siqilgan gaz iste’moli uchun undiriladigan soliq stavkalari 2016 yilgi darajada saqlanib qolindi.

 

AYoQSh orqali benzin va dizel yoqilgʻisi sotishda iste’mol uchun undiriladigan soliq 1 litr hisobidan, qolgan hollarda 1 tonna hisobidan kelib chiqib hisoblab chiqariladi. 2017 yildan ushbu tartib suyultirilgan gazni sotishda ham qoʻllanadi.

 

Ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻim stavkalari 2016 yilgi darajada saqlanib qolindi. Bunda yigʻim yil mobaynida eng kam ish haqi miqdori oʻzgarishidan qat’i nazar yil boshiga oʻrnatilgan EKIH miqdoridan kelib chiqib toʻlanadi. Bu SKning 347-moddasiga kiritilgan oʻzgarishlar bilan bogʻliq.

 

2017 yil 1 yanvar holatiga eng kam ish haqi miqdori – 149 775 soʻmni tashkil etadi.

 

Eslatib oʻtamiz, ilgari yil mobaynida EKIH miqdori oʻzgargan taqdirda soliq toʻlovchilar ushbu yigʻim turi boʻyicha aniqlashtirilgan hisob-kitobni taqdim etishlari, shuningdek, byudjetga boʻnak tariqasida toʻlangan yigʻimlardagi tafovutni toʻlashlari shart edi.

 

Hisob-kitoblarni taqdim etish tartibi va yigʻimni toʻlash muddatlari oʻzgartirilmadi:

  • yigʻim har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 25 sanasidan kechiktirmay toʻlanadi; 
  • yigʻim boʻyicha hisob-kitob faoliyat amalga oshiriladigan joydagi DSIga har yili hisobot yilining 15 yanvarigacha taqdim qilinadi. Yil mobaynida tegishli ruхsat guvohnomasini olgan soliq toʻlovchilar ruхsatnoma berilgan kundan boshlab 10 kundan kechiktirmay hisob-kitobni topshirishlari kerak.

 

Avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash boʻyicha pulli хizmatlarni koʻrsatish huquqi uchun yigʻim  stavkasi 2016 yilgi darajada saqlanib qolindi.

 

Eslatib oʻtamiz, avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash boʻyicha pulli хizmatlarni tuman (shahar) hokimining  mazkur maqsad uchun yer maydoni ajratilgani toʻgʻrisidagi ruхsatnomasi majburiy mavjud boʻlgan taqdirda, faqat yuridik shaхslar koʻrsatishlari mumkin.

 

Xizmatlar koʻrsatish, ruхsatnoma olish va soliq solish tartibi Avtomototransport vositalarini doimiy va vaqtincha saqlash joylarini tashkil etish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (Vazirlar Mahkamasining 31.07.2013 yildagi 213-son VMQga ilova) bilan tartibga solinadi.

 

Muzaffar Mirzaganiyev,
 ekspertimiz.