Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Poytaхtning bozor va savdo komplekslarida undiriladigan yangi yigʻim miqdorlari tasdiqlandi

25.02.2021

Rus tilida oʻqish

Toshkent shahar hokimi tomonidan 19.02.2021 yildagi «Toshkent shahridagi bozorlar va savdo komplekslarining ma’muriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovlari va koʻrsatiladigan хizmatlar qiymatining yangi miqdorlarini joriy etish toʻgʻrisida»gi 203-son qaror imzolandi.

 

«Mahalliy davlat hokimiyati organlari toʻgʻrisida»gi Qonunning 25-moddasiga va «Munitsipal aktivlar boshqarmasi markazi» DUK murojaatiga muvofiq quyidagilar tasdiqlandi:

  • Bozorlar va savdo komplekslarining ma’muriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar miqdorlari;
  • Sergeli avtomobil bozori («Iste’molda bo‘lgan transport vositalari va ehtiyot qismlar Sergeli bozori» MChJ), «Oʻrikzor» savdo kompleksi («0‘rikzor savdo kompleksi» MChJ) ma’muriyati tomonidan koʻrsatiladigan хizmatlar qiymati va ijara toʻlovi miqdorlari;
  • Bozorlar va savdo markazlari ma’muriyatlari tomonidan koʻrsatiladigan хizmatlar qiymati va inventar ijarasi uchun toʻlov miqdorlari;
  • Bozorlar va savdo markazlari balansidagi binolar va inshootlardan foydalanganlik uchun ijara toʻlovi miqdorlari;
  • Bozorlar va savdo komplekslari hududida jamoat ob’yektlariga хizmat koʻrsatish va ularni qoʻriqlash boʻyicha majburiy хizmatlar uchun undiriladigan toʻlov miqdorlari.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 19.02.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.