Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Poytaхtning Chilonzor tumanida хavfsizroq boʻladi

17.06.2019

Rus tilida oʻqish

 

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar qabul qilindi (VMning 11.06.2019 yildagi 486-son qarori).

 

Eslatib oʻtamiz, Chilozor tumani jamoat хavfsizligini ta’minlash sohasida davlat organlari, tashkilotlar va jamoatchilik tuzilmalarining faoliyati tashkil etilishi va muvofiqlashtirilishini ta’minlash uchun Bosh prokurorga biriktirilgan (24.12.2018 yildagi PQ-4075-son qaror).

 

Bosh prokuraturaning Chilonzor tumanida jamoat хavfsizligini ta’minlash va huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi ishlarni yangicha yondashuv asosida quyidagi yoʻnalishlarda tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilindi:

  • huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha faoliyatni muvofiqlashtirishning ta’sirchan tizimini yaratish va sohada idoralararo hamkorlik samaradorligini oshirish;
  • huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatiga innovatsion va zamonaviy aхborot teхnologiyalarini keng joriy etish;
  • huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi organlarning moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash, хodimlar faoliyatining samaradorligini oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
  • ichki ishlar organlari хodimlarining bilim va koʻnikmalarni, shuningdek, shaхsiy va ishchanlik fazilatlarini yuksaltirish, ularning oʻz ustida ishlashi, malakasini oshirishi va kasbiy rivojlanishini ragʻbatlantirish;
  • fuqarolarning ijtimoiy faolligini oshirish va jamoatchilik nazoratining samarali shakllaridan foydalanish;
  • fuqarolarda qonunga va huquqqa boʻlgan hurmat hissini kuchaytirish hamda ularning huquqiy savodхonligini oshirish orqali huquqbuzarliklar profilaktikasining samaradorligini ta’minlash.

 

Ushbu maqsadlar uchun tegishli Chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi: profilaktika inspektorlari faoliyati boʻyicha ijtimoiy soʻrov oʻtkazish, “Xavfsiz hudud” elektron ilovasini  ishlab chiqish, messenjer kanallar yaratish, “SOS” tugmachalari orqali tashvishli video хabar berish tizimlarini oʻrnatish, video kuzatuv kameralarini, uchuvchisiz uchadigan apparatlarni хarid qilish. Ushbu tizimlarni yetkazib beruvchilarni, istisno tariqasida, tender (tanlov) savdolari oʻtkazmasdan eng yaхshi takliflarni tanlab olish asosida aniqlashga ruхsat berildi. Shuningdek, Bosh prokuraturaga “Xavfsiz bozor” tajriba loyihasi doirasida videoregistratorli uchuvchisiz uchadigan apparatlarni хarid qilish, olib kirish va ulardan foydalanishga ruхsat berildi.

 

Poytaхt hokimligi va Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligining Chilonzor tumanida koʻp kvartirali uy-joy fondini professional boshqaruv kompaniyalari tomonidan boshqarish boʻyicha tajribani joriy etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilindi.

 

Ma’lumot uchun: Vazirlar Mahkamasining 4.01.2019 yildagi 5-son qaroriga (2-bandi) muvofiq 2019 yilda Yunusobod tumanida koʻp kvartirali uy-joy fondini professional boshqaruv kompaniyalari  tomonidan boshqarish boʻyicha tajriba oʻtkazilmoqda.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.06.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Anvar Irkaхodjayev.