Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Qarzdorlik yuzaga kelmasligi uchun tashkilot qanday qilib «oʻzini oʻzi band qilgan shaхs boʻyicha hisobot berishi» kerak 2025 yil dekabr oyida qanday statistika hisobotlarini topshirish kerak Oʻzbekistonda 2025 yil 1 dekabrdan nimalar oʻzgaradi

Poytaхtning Uchtepa tumanida kichik sanoat zonasi paydo boʻladi

11.10.2017

 

Vazirlar Mahkamasining 7.10.2017 yildagi 806-son qarori bilan Toshkent shahrining Uchtepa tumanida kichik sanoat zonasi barpo etiladi.

 

U poytaхt hokimligiga oʻtkazilgan, Toshkent shahri, Uchtepa tumani, Chilonzor 26-daha, 36-uy manzilida joylashgan umumiy maydoni 5,1 gektar boʻlgan  «AOKS Plus Business» MChJ (sobiq «Signal» IIChB)ning bino va inshootlari negizida tashkil etiladi.

 

Bir oy muddatda Uchtepa kichik sanoat zonasi direksiyasi tashkil etiladi, 2 oy muddatda esa uning hududida joylashtirishga taklif qilinayotgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishning tarmoq jadvallari tasdiqlanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 10.10.2017 yilda kuchga kirdi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  

 

 Oleg Zamanov,

ekspertimiz.