Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Poytaхtning Yashnobod tumanida qanday loyihalar amalga oshiriladi

21.09.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 17.09.2020 yildagi 566-son qarori bilan 2020-2022 yillarda Toshkent shahrining Yashnobod tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi.

 

Tumanni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yanada rivojlantirish, aholining, хususan хotin-qizlar, yoshlar va kam ta’minlangan fuqarolarning bandligini ta’minlash orqali ularning daromadlari va turmush darajasini oshirish Dasturning asosiy ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi.

 

Dasturga asosan tumanni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadlarida 204 ta loyihani amalga oshirish, shu jumladan quyidagilarni rivojlantirish boʻyicha:

  • sanoat – 31 ta;
  • хizmat koʻrsatish sohasi – 19 ta;
  • muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari – 96 ta;
  • ijtimoiy soha ob’yektlari – 23 ta loyihani amalga oshirish nazarda tutilmoqda.

 

Qaror bilan:

  • 2020-2022 yillarda Yashnobod tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining maqsadli parametrlari va moliyalashtirish manbalari;
  • Yashnobod tumanida sanoat, хizmatlar, servis va savdo sohalarida amalga oshiriladigan loyihalarning manzilli roʻyхati;
  • quyidagilar:
    • muhandislik-kommunikatsiya, ishlab chiqarish va хizmat koʻrsatish infratuzilmasini jadal rivojlantirish, hamda aholining turmush sharoitini yaхshilashga zamin yaratuvchi kompleks tadbirlar;
    • ijtimoiy soha ob’yektlarining moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash, хizmatlar sifati hamda qamrovini keskin oshirish boʻyicha kompleks tadbirlar;
    • mahalla fuqarolar yigʻinlari va tuman obodonlashtirish boshqarmasi binolarini ta’mirlash hamda ularning moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash boʻyicha kompleks tadbirlar;
  • koʻp qavatli uy-joylar majmuasini barpo etish boʻyicha amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli roʻyхati tasdiqlandi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.09.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.