Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Prezident 92 nafar mahkumni afv etdi

09.12.2019

Rus tilida oʻqish

 

Tegishli Farmonga sharh “Xalq soʻzi” gazetasida e’lon qilingan.

 

Konstitutsiya qabul qilinganligining 27 yilligi munosabati bilan hamda bilib-bilmay jinoyat sodir etgan, hozirgi vaqtda qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga qat’iy oʻtgan jazo muddatini oʻtayotgan 92 nafar fuqaro afv etildi.

 

Afv etilganlarning 20 nafari - jazodan toʻliq ozod qilinadi, 37 nafari - jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilinadi, 16 nafariga tayinlangan jazo yengilroq jazo bilan almashtiriladi. Shu tariqa, 73 nafar shaхs jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilinmoqda va probatsiya хizmati organlari nazoratidan olinmoqda, 19 nafar shaхsga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartiriladi.

 

Afv etilganlar orasida: uch nafar 60 yoshdan oshgan erkaklar, uch nafar ayollar hamda 79 nafar taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashganlar.

 

Farmon ijrosi yuzasidan afv etilgan shaхslarni oilasi va yaqinlari bagʻriga qaytarish, ijtimoiy hayotga moslashib, foydali mehnat bilan shugʻullanishlari, sogʻlom turmush tarzini yoʻlga qoʻyib, jamiyatda munosib oʻrin topishlari uchun ularga koʻmak berish yuzasidan mas’ul vazirlik va idoralarga topshiriqlar berildi.