Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
IT-park rezidentlari qanday yangi preferensiyalar olishdi Umumiy ovqatlanish uchun chiqindilarni nazorat qilish qismida qanday yangi talablar kiritilmoqda 2025 yilda Oʻzbekistonda soliqlar va yigʻimlar: turlari, stavkalari, hisobotlarni taqdim etish va soliqlarni toʻlash muddatlari

Prezident Administratsiyasining tuzilmasi oʻzgartirildi

17.07.2025

Rus tilida oʻqish

14.07.2025 yildagi   «Davlat boshqaruvi tizimida samaradorlik, proaktivlik va natijadorlikni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF–111-sonli Prezident Farmoni qabul qilindi.

 

Ushbu hujjat bilan Prezident Administratsiyasi rahbari lavozimi joriy etildi hamda uning vakolatlari belgilandi.

 

Shuningdek, Administratsiya rahbari, uning oʻrinbosarlari, yordamchilari, maslahatchilari, Prezidentning vakillari hamda Administratsiya tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari lavozimlariga Prezident tomonidan tayinlanishi va lavozimdan ozod etilishi belgilandi.

 

Farmon bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Prezident Administratsiyasining yangilangan tuzilmasi;
  • Prezident Administratsiyasining Reglamenti;
  • Prezident va uning Administratsiyasi huzuridagi tashkilotlar хodimlarining eng koʻp soni;
  • Prezident Administratsiyasi rahbarlari va mas’ul хodimlari uchun Birlashgan tarif setkasi boʻyicha mehnat haqi razryadlari.

 

Yangilangan tuzilmaga muvofiq quyidagi tashkiliy oʻzgarishlar amalga oshirildi:

  • Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tugatildi, aхborot sohasida nazorat va monitoring funksiyalari Aхborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasini nazorat qilish inspeksiyasiga oʻtkazildi;
  • Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha markaz Prezident Administratsiyasi tarkibiga oʻtkazildi;
  • Narkotik vositalarni nazorat qilish boʻyicha Milliy markaz asosida Narkotik vositalar va oʻqotar  qurollarni nazorat qilish agentligi tashkil etildi;
  • Prezident Administratsiyasi Matbuot хizmati Mediamarkazi asosida OAV uchun kontent tayyorlash markazi tashkil etildi;
  • Davlat хizmati rivojlanish agentligi asosida Boshqaruv samaradorligini oshirish agentligi tashkil etildi;
  • Ilgari Vazirlar Mahkamasi huzurida faoliyat yuritgan Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamgʻarmasi Prezident Administratsiyasiga boʻysundirildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 16.07.2025 yildan kuchga kirdi.        

    

Saodat Usmanova