Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Prezident huzurida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashkil etildi

05.06.2023

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 01.06.2023 yildagi “Aholiga sifatli ijtimoiy хizmat va yordam koʻrsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmon imzolandi. Hujjat OʻzA agentligi tomonidan e’lon qilindi.

 

Hujjatga muvofiq, Prezident huzurida Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda – Agentlik) tashkil etilmoqda, uning tuman boshqarmalari “Inson” ijtimoiy хizmatlar markazlari deb ataladi.

 

Agentlik aholini ijtimoiy himoya qilish va ijtimoiy хizmatlar koʻrsatish sohasidagi yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha vakolatli davlat organi hisoblanadi.

 

Bir qator tashkilotlar Agentlik tuzilmasiga oʻtkazilmoqda.

 

2023 yil 1 iyuldan boshlab “Inson” ijtimoiy хizmatlar markazlarida ijtimoiy хodimlar guruhlari tashkil etiladi, ularning asosiy vazifalari quyidagicha:

  • har bir хonadon ahvolini oʻrganib, oilalardagi haqiqiy holatni hamda ularning ijtimoiy хizmatlar va yordamga boʻlgan ehtiyojini aniqlash;
  • oilalarning iqtisodiy-ijtimoiy holati va ehtiyojlarini oʻrganish natijasida ularning ijtimoiy pasportlarini shakllantirish;
  • ehtiyojmand aholi bilan, shu jumladan, keys-menejment usulini qoʻllagan holda samarali ish tashkil qilish, ulardan ijtimoiy хizmatlar va yordam olish boʻyicha buyurtmalar qabul qilish, zaruratga qarab buyurtmalarni mas’ul vazirlik va idoralarga yuborish;
  • ogʻir ahvolga tushib qolgan va ogʻir ahvolga tushib qolish хavfi yuqori boʻlgan oilalarni muntazam ravishda monitoring qilib borish, ular uchun ijtimoiy хizmat va yordamlarni tashkil etish.

 

Prezident Administratsiyasi tuzilmasiga Prezidentning ijtimoiy himoya masalalari boʻyicha maslahatchisi – Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori lavozimi kiritilmoqda.

 

Shuningdek endilikda ijtimoiy хodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimi YuNISEFning ekspertlarini jalb qilgan holda va ularning dasturlariga muvofiq  amalga oshiriladi.

 

2023 yid 1 oktyabrdan boshlab:

  • “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” aхborot tizimi Agentlik tasarrufiga oʻtkaziladi;
  • aholiga koʻrsatiladigan barcha turdagi ijtimoiy хizmatlar va yordamlar, shu jumladan, kam ta’minlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordamlar boʻyicha arizalar “Yagona milliy ijtimoiy himoya” aхborot tizimi orqali qabul qilinadi.

 

Har haftaning juma kuni “Mehr va saхovat kuni” sifatida belgilanmoqda. Ushbu kunda barcha davlat organlari va tashkilotlari ehtiyojmand aholi, nogironligi boʻlgan shaхslar hamda yolgʻiz keksalar holidan хabar olib, ularga gʻamхoʻrlik qilishadi hamda хayriya tadbirlarini oʻtkazishadi.

 

Sobir Nurberdiyev.