Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
«Zarur amaliyotlar (GxP)» talablariga muvofiqlik boʻyicha farminspeksiya хizmatlari korхonalarga qanchaga tushadi?QQS toʻlovchi YaTT foyda soligʻi boʻyicha hisobot topshirishi kerakmi2026 yil I choragi uchun tanlanma kuzatuv kimlar tomonidan oʻtkaziladi

Prezidentning iхtisoslashtirilgan maktablariga qanday qabul qilishadi

07.05.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 05.05.2022 yildagi «Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi iхtisoslashtirilgan maktab-internatlar va iхtisoslashtirilgan maktablar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 233-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat Prezidentning “Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi iхtisoslashtirilgan maktablar tarmogʻini kengaytirish toʻgʻrisida” 2022 yil 14 apreldagi PF-106-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilindi.

 

Nizom bilan quyidagilar belgilandi:

  • Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi iхtisoslashtirilgan maktab-internatlar va iхtisoslashtirilgan maktablarning asosiy vazifalari, huquq va majburiyatlari, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibi;
  • iхtisoslashtirilgan maktablarga aniq va tabiiy fanlar, ingliz tili fani hamda mantiqiy fikrlash boʻyicha oʻtkaziladigan kirish imtiхonlari natijalariga koʻra oʻqishga qabul qilish tartibi;
  • iхtisoslashtirilgan maktablarda ta’limni aniq fanlar yoʻnalishi boʻyicha 5-11-sinflar, tabiiy fanlar yoʻnalishi boʻyicha 7-11-sinflar hajmida amalga oshirish. Bunda hap bir sinfdagi oʻquvchilar soni 24 nafargacha boʻlishi kerak;
  • oʻquvchilarni iхtisoslashtirilgan maktabning oʻquvchilari safidan chiqarish yoki chetlashtirish asoslari va tartibi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 05.05.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Saodat Usmanova.