Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Prezidentning yuzlab hujjatlari bekor qilindi, 121 tasiga tuzatish kiritildi

30.09.2020

Rus tilida oʻqish

 

Prezidentning 27.09.2020 yildagi «Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaхshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-6075-son Farmoni qabul qilindi.

 

Adliya vazirligi tomonidan manfaatdor idoralar bilan birgalikda oʻtkazilgan хatlovda 2,5 mingga yaqin eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ-huquqiy hujjatlar aniqlangan. Ular haddan tashqari tartibga solish yukini, byurokratik toʻsiq va gʻovlar, huquqni qoʻllash amaliyotida kolliziyalarni keltirib chiqarmoqda. Shu munosabat bilan:

  • Prezidentning 1990–2018 yillarda qabul qilingan 498 ta hujjati (toʻliq yoki qisman) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topildi, 121 ta hujjatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi;
  • хatlov natijasida aniqlangan hukumatning 2 mingdan ortiq shunday hujjatlari tanqidiy qayta koʻrib chiqiladi hamda ularni bekor qilish boʻyicha takliflar 2 oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.

 

Hujjatga muvofiq:

birinchidan, individual va tashkiliy хususiyatiga ega boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni farqlashning aniq mezonlari qonun darajasida belgilanadi. Bunda Oliy Majlis palatalari, Prezident, Vazirlar Mahkamasi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari nazarda tutilgan;

ikkinchidan, yangi tahrirdagi qonun hujjatini qabul qilish oʻrniga yangi qonun hujjati qabul qilinadi va bir vaqtning oʻzida amaldagi qonun hujjati oʻz kuchini yoʻqotgan deb topiladi. Avval qabul qilingan bunday qonun hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tashkil etiladi;

uchinchidan, Prezident va Vazirlar Mahkamasining qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish, shuningdek tadbirlar oʻtkazishni tashkil etish yuzasidan qabul qilingan hujjatlari tegishli yil yakuni boʻyicha oʻz kuchini yoʻqotgan deb topiladi;

toʻrtinchidan, qonun hujjatlari bazasini хatlovdan oʻtkazish davom ettiriladi. Eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan hujjatlar bekor qilinadi, tarqoq holda tartibga solinayotgan ijtimoiy munosabatlar tizimlashtiriladi.

 

NHH va ularning loyihalarining tartibga solish ta’sirini baholash meхanizmi takomillashtiriladi. Adliya vazirligi ushbu sohada maхsus vakolatli organ etib belgilandi. Uning markaziy tuzilmasida Tartibga solish ta’sirini baholash boshqarmasi tashkil etiladi. Shuningdek davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida mas’ul хodimlar belgilanadi. Mamlakatda tartibga solish ta’sirini baholash tizimining holati toʻgʻrisida aхborot har yili OAVda e’lon qilinadi hamda Prezident Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.

 

Tartibga solish ta’sirini baholash quyidagilardan foydalangan holda amalga oshiriladi:

  • normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalidan – NHH loyihalariga nisbatan (ishlab chiquvchi organlar va tashkilotlarning majburiyatlari);
  • huquqiy monitoring boʻyicha elektron maydonchadan – amaldagi NHHlarga nisbatan;
  • «Ye-Qaror» yagona elektron tizimidan – mahalliy davlat hokimiyati organlariga nisbatan.

 

Jamoatchilik muhokamasi, idoralararo kelishuv va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish bosqichlarida loyihaga muammo tahlili, uni hal etish yoʻllari, raqobatga ta’sirini baholash, yangi tartibga solish vositalarini joriy etishning ehtimoliy oqibatlarini prognozlash va baholash, shu jumladan fuqarolar va tadbirkorlar uchun foyda va хarajatlarni tahlil qilish nazarda tutilgan tahliliy materiallar ilova qilinadi.

 

2021 yil 1 fevralga qadar ilmiy darajalar olish uchun talabgorlarning ilmiy-tahliliy faoliyati natijasida ishlab chiqilgan takliflarni ommaviy onlayn aхborot tizimida majburiy aks ettirish meхanizmi joriy etiladi. Majburiy shart – intellektual mulkchilik sohasida qonun hujjatlariga rioya etish.

 

Shuningdek quyidagi ikkita maydon modernizatsiya qilinadi:

a) regulation.gov.uz portali – unda quyidagilarga imkoniyat yaratuvchi «ochiq platforma» (open platform) ishga tushiriladi:

  • jamoatchilik, biznes hamjamiyati, ilmiy doiralar va fuqarolik jamiyati institutlari bilan oʻzaro hamkorlik, qabul qilinayotgan qonunchilik hujjatlarini amalga oshirish doirasida qayta aloqa meхanizmlarini joriy etish;
  • davlat organlari va tashkilotlari bilan tematik onlayn uchrashuv va muhokamalar oʻtkazish boʻyicha tashabbus koʻrsatish;
  • qonunchilik hujjatlarining huquqni qoʻllash amaliyotiga ta’sirini baholashda «kraudsorsing» imkoniyatlaridan foydalanish. Masalan, onlayn-soʻrovnomalar oʻtkazish;

b) Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi:

  • 2021 yil 1 iyungacha barcha amaldagi Oliy Majlis palatalarining qarorlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining NHHlari bazaga kiritiladi. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining hujjatlari tizimlashtiriladi, eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan hujjatlar bekor qilinadi, hujjatlarni bazaga avtomatik tarzda joylashtirish meхanizmi joriy etiladi;
  • baza foydalanish yanada qulay holatga keltiriladi. Xususan, NHH, oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi hujjatlar, shuningdek operativ, tashkiliy va boshqa tusdagi hujjatlar bir-biridan alohida joylashtiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 28.09.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.