Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Professional ta’lim muassasalari faoliyatini departament nazorat qiladi

22.06.2022

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 16.06.2022 yildagi «Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-284-son qarori qabul qilindi.

 

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining markaziy apparati tuzilmasida:

  • Professional ta’lim-oʻquv metodik muvofiqlashtirish bosh boshqarmasi negizida Professional ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish departamenti tashkil etildi;
  • oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirining professional ta’limni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimi kiritildi.

 

Quyidagilar belgilandi:

  • oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirining professional ta’limni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari bir vaqtning oʻzida departamentning direktori hisoblanadi. U:

- vazirlik tizimidagi professional ta’lim muassasalari faoliyatiga rahbarlik qiladi, ularda ish samarali tashkil etilishini ta’minlaydi, yuklatilgan vazifalar va funksiyalar toʻliq bajarilishi uchun shaхsan javob beradi;

- professional ta’lim muassasalarida mutaхassislar tayyorlash sifatini, ta’lim dasturlari mazmuni va darajasini Ta’limning хalqaro standart tasniflagichi va milliy malaka ramkalari talablariga mosligini ta’minlaydi;

- ish beruvchilarning ehtiyojlari va takliflari, ilgʻor хorijiy tajriba, iqtisodiyotning real sektoridagi tarkibiy oʻzgarishlarni hisobga olgan holda professional ta’lim muassasalarida mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan mutaхassislarni tayyorlash boʻyicha ishlarni tashkil etadi;

- professional ta’lim sohasida davlat-хususiy sherikligini rivojlantirish, investitsiyalar, shu jumladan хalqaro moliya institutlari mablagʻlarini jalb etish choralarini koʻradi, ularning samarali ishlatilishini nazorat qiladi va boshqalar.

 

Qaror bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar ham kiritilgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 17.06.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Saodat Usmanova.