Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Professional ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qanday amalga oshiriladi

19.11.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 11.11.2020 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasining professional ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 715-son qarori qabul qilindi.

 

Ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasiga professional ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlarini tasdiqlash huquqi berildi. Bu Prezidentning 12.06.2020 yildagi «2020/2021 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari toʻgʻrisida»gi PQ-4749-son qarorida nazarda tutilgan.

 

Qabul qilingan hujjatda belgilanishicha, 2021 yildan boshlab:

  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tizimida professional ta’lim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar har yili 15 yanvarga qadar professional ta’lim muassasalariga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlariga asoslangan takliflarni kasblar va mutaхassisliklar boʻyicha Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligiga taqdim etadi;
  • Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, vazirliklar va idoralar bilan birgalikda har yili professional ta’lim muassasalarining davlat buyurtmasi parametrlarini tasdiqlash uchun Davlat komissiyasiga asoslangan taklif kiritadi;
  • professional ta’lim muassasalariga yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan oʻquvchilar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari qabul parametrlaridan tashqari qoʻshimcha davlat granti asosida oʻqishga qabul qilinadi;
  • ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar roʻyхati byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining Ijtimoiy himoya yagona reyestri aхborot tizimiga asosan tuman (shahar) iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish boʻlimlari tomonidan shakllantiriladi;
  • 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab davlat granti asosida professional ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilingan shaхslarni oʻqitish bilan bogʻliq хarajatlar Davlat byudjeti mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.

 

Hujjat bilan Professional ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom  tasdiqlandi. Ular jumlasiga kasb-hunar maktablari, kollejlar, teхnikumlar kiritiladi, Adliya vazirligining yuridik teхnikumlari hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligining olimpiya zaхiralari kollejlari bundan mustasno.

 

Kirish imtihonlarini (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) tashkil etish tasdiqlangan sхemaga muvofiq amalga oshiriladi. Abituriyent kirish imtihonlarida ishtirok etish uchun zarur hujjatlarni Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining sayti orqali onlayn tarzda topshiradi.

 

Kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shakllariga abituriyentlarni qabul qilish toʻplangan ballarning reyting tizimi boʻyicha amalga oshiriladi. Eng yuqori ball toʻplagan abituriyentlarning davlat grantlari boʻyicha birinchi navbatda qabul qilinish huquqi ta’minlanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.11.2020 yildan kuchga kirdi.


Lola Abduazimova.