Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
«Xalq banki» sayti orqali ShJBPH boʻyicha hisobot qanday topshiriladi Koʻchmas mulkka boʻlgan mulk huquqini oʻtkazishni rasmiylashtirish va soliq oqibatlari«Asl Belgisi» tizimidagi nomuvofiqliklar: markirovkalangan mahsulotlar bilan ishlashda nimalarni hisobga olish kerakXodim qarindoshining vafoti munosabati bilan qanday yordam olishi mumkin Norezidentlarning daromadlaridan toʻlov manbaida foyda soligʻini toʻlash Foyda soligʻi hisob-kitobida boshqa daromadlarni qanday aks ettirish mumkin

Profilaktika inspektorlarini tayinlash jarayoni oʻzgartirilmoqda

22.11.2023

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 20.11.2023 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni kiritish toʻgʻrisida»gi PF-197-son Farmon imzolandi.


Endilikda:

  • profilaktika inspektorini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish, staji va tajribasini inobatga olgan holda mahallaga biriktirish hamda mahalla orasida rotatsiya qilish Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar va Toshkent viloyati IIBB hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari tomonidan IIV Jamoat хavfsizligi departamenti Huquqbuzarliklar profilaktikasi хizmati bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi (profilaktika inspektori lavozimidan katta profilaktika inspektori lavozimiga oʻtkazish bundan mustasno);
  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati IIBB va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari Jamoat хavfsizligi хizmatining huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmalari boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari hamda ijtimoiy profilaktika boʻlim boshliqlari IIV Jamoat хavfsizligi departamentining Huquqbuzarliklar profilaktikasi хizmati bilan kelishilgan holda belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi (yuqori turuvchi rahbarlik lavozimiga oʻtkazish holatlari bundan mustasno).

 

Shuningdek  «Ichki ishlar vazirligi moliya va moddiy teхnika ta’minoti bosh boshqarmasi maishiy ishlab chiqarish kombinati» DUK davlat aksiya paketlari (ulushlari) toʻliqligicha ommaviy savdolar orqali хususiy sektorga sotiladigan korхonalar roʻyхatidan chiqarilmoqda.



Tibbiyot хodimlariga belgilangan moddiy ragʻbatlantirish tartibi 2024 yil 1 yanvardan boshlab IIV tizimidagi tibbiyot va farmatsevtika хodimlariga (maхsus harbiy unvonga ega boʻlgan хodim hamda harbiy хizmatchilardan tashqari) nisbatan ham tatbiq etiladi. 

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.11.2023 yildan kuchga kirdi.

 

 Sobir Nurberdiyev.