Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Prokuratura iqtisodiyot va ijtimoiy sohada qonuniylikni ta’minlaydi

01.05.2017

 

Prezidentning 18.04.2017 yildagi PF–5019-son “Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, mamlakatni modernizatsiya qilish, inson huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini ta’minlashda prokuratura organlarining rolini kuchaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoni e’lon qilindi.

 

Hujjatda «Xalq manfaatlariga хizmat qilish» tezisi prokuratura organlarining ustuvor vazifasi boʻlishi kerak ekani ta’kidlangan. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar quyidagilarni ta’minlashga alohida e’tibor qaratishi joizligi belgilangan:

  • hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish das- turlarini soʻzsiz bajarishni, amalga oshirilayotgan islohotlarga toʻsiq boʻluvchi omillar va tizimli kamchiliklarni aniqlash hamda bartaraf etish;
  • tadbirkorlik faoliyatini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash hamda tadbirkorlik sub’yektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish;
  • aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri ochiq muloqot oʻrnatishni, fuqarolar murojaatlarini oʻz vaqtida hal qilishni, aholining huquqiy ma- daniyatini oshirishni, jamiyatda qonun buzilishiga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish;
  • profilaktika tadbirlarining, ayniqsa voyaga yetmaganlar va yoshlar oʻrtasidagi tadbirlarning ta’sirchanligini, huquqbuzarliklar sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini oʻz vaqtida aniqlash hamda bartaraf etish;
  • kam ta’minlangan oilalarni manzilli ijtimoiy himoya qilishni, yangi ish oʻrinlari yaratish dasturlarini amalga oshirishni, ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalarni oʻz vaqtida toʻlash;
  • malakali tibbiy yordam koʻrsatishni, aholiga arzon dori vositalari yetkazishni, ta’lim jarayonining sifati va ta’lim muassasalarida oʻquvchilar davomatini hamda ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish;
  • fuqarolarga arzon uy-joy ajratishni, uy-joy sotib olish uchun, birinchi navbatda, yosh oilalar, yetim bolalarga kredit resurslaridan foydalanish imkoniyatini yaratishni, sifatli kommunal хizmat koʻrsatish va hisob-kitoblarni oʻz vaqtida amalga oshirish;
  • tabiiy resurslar, yer maydonlaridan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash.

 

Bosh prokuratura tuzilmasida quyidagilar tashkil etildi:

  • Ijtimoiy qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi (Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlarida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi negizida);
  • Iqtisodiy qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi (Davlat va хoʻjalik boshqaruv organlari hamda joylardagi ijro hokimiyati organlarida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi negizida).

 

Bundan tashqari, yangi lavozim — qonuniylik va huquq-tartibotni ta’minlash muammolarini tahlil qilish sohasidagi faoliyatni tashkil etish va muvofiqlashtirish uchun mas’ul boʻlgan Bosh prokuror oʻrinbosari lavozimi joriy etildi.

 

Sodir boʻlgan oʻzgarishlar munosabati bilan Bosh prokuratura, Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti, shuningdek Harbiy prokuratura va uning apparatining yangilangan tashkiliy-shtat tuzilmalari tasdiqlandi.

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 


Oleg ZAMANOV,
ekspertimiz.