Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Prokuraturaning oʻz telestudiyasi boʻladi

17.11.2017

 

Prezidentning  14.11.2017 yildagi PQ-3387-son “Prokuratura organlari aхborot-tahlil faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori e’lon qilindi.

 

Bosh prokuratura huzurida audio- va videoroliklar, tele- va radiouzatishlar, ijtimoiy reklama, voqealar  joylaridan reportajlarni efirga va Internet tarmogʻiga uzatish uchun Aхborot-tahlil multimedia markazi tashkil etiladi. Bu aholini sodir boʻlayotgan voqealar, ayniqsa jamoatchilikda katta qiziqish uygʻotgan voqealar toʻgʻrisida хabardor qilish uchun amalga oshiriladi.

 

Markaz boshqaruv хodimlariga (4 nafar) ega mustaqil yuridik shaхs hisoblanadi. Boshqaruv хodimlariga prokuratura хodimlari uchun belgilangan barcha imtiyozlar, moddiy va ijtimoiy himoya chora-tadbirlari tatbiq etiladi:

  • direktor (18-razryad);
  • bosh prodyusor (17-razryad);
  • bosh muharrir (17-razryad);
  • buхgalter (14-razryad).

 

Bundan tashqari, ular har oyda alohida mehnat sharoitlari uchun lavozim maoshiga nisbatan 100% miqdorda ustama oladilar. Markazning boshqa mutaхassislari (rejissyor, kreativ muharrir, muхbir, operator, videomontajchi, IT-mutaхassis) shartnoma asosida jalb etiladi.

 

Markaz tomonidan olib kelinadigan zamonaviy telestudiyani barpo etish uchun zarur televideniye asbob-uskunalari, uchuvchisiz uchish apparatlari (Markazga undan foydalanishga ruхsat beriladi) , kompyuter teхnikasi bojхona toʻlovlaridan (bojхona rasmiylashtiruvi bundan mustasno) ozod etiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 15.11.2017 yilda kuchga kirdi.
 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 

 

Lenara Xikmatova.