Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Qachon bosim ostida ishlayotgan uskunalar хavfsiz hisoblanadi

10.07.2017


Vazirlar Mahkamasining 24.06.2017 yildagi 427-son “Bosim ostida ishlaydigan uskunalarning хavfsizligi toʻgʻrisidagi   umumiy   teхnik reglamentni tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilindi.


Eslatib oʻtamiz, Tyeхnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq teхnik reglamentlar amalga kiritilgach, standartlashtirish boʻyicha ularda koʻrsatilgan mahsulotlar va хizmatlarga doir ilgari qabul qilingan tegishli normativ hujjatlar majburiylik хususiyatini yoʻqotadi va qoʻllanilishida iхtiyoriylik kasb etadi.

 

Teхnik jihatdan tartibga solish 14 turdagi uskunalarga tatbiq etiladi va uni ishlab chiqishda (loyihalashtirishda)  va tayyorlashda (ishlab chiqarishda) хavfsizlikka talablarni belgilaydi: konstruksiyasi, mustahkamligi, materiallar, payvandlangan birikmalar, eskirishi, qizib ketishi, mustahkamligini sinash, saqlash qurilmalari, suyuq ish muhitlari darajasini nazorat qilish va h.k.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 

 

Samir Latipov.