Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

QAIRF tomonidan Oʻzbekistondagi urologiya va gemodializ klinikalari moliyalashtiriladi

17.03.2020

Rus tilida oʻqish

Quvaytning arab iqtisodiy rivojlanish fondi Oʻzbekistonga «Oʻzbekiston Respublikasining urologik va gemodializ yordamini koʻrsatuvchi tibbiyot muassasalarni jihozlash» loyihasini amalga oshirish uchun $23,1 mln ekvivalentida qarz beradi (6.03.2020 yildagi 130-son VMQga qarang).

 

2020–2022 yillarda amalga oshiriladigan loyihaning umumiy qiymati $29,09 mln ni tashkil etadi. Oʻzbekistonning ulushi ekvivalentda $5,97 mln ni, shu jumladan soliq va bojхona imtiyozlari berish tarzidagi ekvivalentda $4,41 mln ni tashkil etadi.

 

7 mln Quvayt dinori miqdorida, ya’ni $23,1 mln ekvivalentidagi QAIRF zayomi 4 yillik imtiyozli davr bilan 26 yil muddatga beriladi. Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi zayom maqsadli sarflanishi va loyiha samarali amalga oshirilishi uchun mas’ul boʻlgan ijro etuvchi agent, «O'zmedimpeks» DUK esa tuziladigan shartnomalar boʻyicha kontragent hisoblanadi. Xizmat koʻrsatish va zayomni qaytarish хarajatlari Davlat byudjeti hisobidan qoplanadi.

 

Bir oy muddatda 5 kishidan iborat boʻlgan loyihani amalga oshirish guruhi tashkil etiladi. Sogʻliqni saqlash vazirligi loyihani amalga oshirishga yordam koʻrsatuvchi konsalting tashkilotini tanlab olish va tibbiy jihozlar hamda asbob-uskunalarni хarid qilish boʻyicha tender savdolarini tashkil etadi. 

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 7.03.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.