Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzbekistonda ish haqi boʻyicha oʻtkazmalar: hisoblash, ushlab qolish, toʻlash Oʻzbekistondagi iqtisodiy oliy oʻquv yurtlari bitiruvchilari ASSA va ACFP diplomi uchun qanday imtihon topshirishlari kerak E’tibor bering: Vuxgalter.uz materiallarini koʻrish shartlaridagi oʻzgarishlar

Qanday tovarlar bojхona ekspertizasidan oʻtkaziladi

23.05.2016

Davlat bojхona qoʻmitasining qarori (Adliya vazirligi tomonidan 2016 yil 17 mayda 2787-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan Bojхona rasmiylashtiruvini amalga oshirishda majburiy tartibda bojхona ekspertizasi oʻtkaziladigan tovarlar roʻyхati tasdiqlandi.

 

Roʻyхat TIF TN kodlarini koʻrsatgan holda 51 nomdagi tovarlarni oʻz ichiga oladi.

 

Belgilanishicha, Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiyalangan idoralarning tovarni TIF TN kodi boʻyicha klassifikatsiyalash uchun zarur koʻrsatkichlar yuzasidan laboratoriya sinov bayonnomasi mavjud boʻlganda bojхona ekspertizasidan oʻtkazilishi majburiy emas. 

 

Hujjat davlat tilida qabul qilingan.

 

Qaror Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplamining 2016 yil 23 maydagi 20-sonida rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kirdi.

 

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

 

«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini

ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV

tayyorladi.