Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Qariyalar va nogironligi boʻlgan shaхslarga biometrik pasport uyda rasmiylashtirib beriladi

04.06.2018

Rus tilida oʻqish

 

Bu Prezidentning 1.06.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi PF–5454-son Farmonida nazarda tutilgan. 

 



 

Tahririyatdan: Ushbu hujjat va 75 mingta boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tushuntirishlari bilan birga «OʻzR qonunchiligi» AQTda jamlangan. Namoyish versiyasini bu yerda yuklab oling.

 


 

Endi oʻzgalar yordamiga muhtoj qariyalar va nogironligi boʻlgan shaхslarga fuqaroning biometrik pasporti yoki fuqaroligi boʻlmagan shaхsning harakatlanish hujjatini rasmiylashtirish va berish belgilangan tartibda ushbu shaхslarning doimiy yashash yoki boʻlish joyiga borgan holda amalga oshiriladi. Ularning ma’lumotlar yigʻish punktiga[1] borishlari talab etilmaydi.

 

Buning uchun tegishli murojaatni taqdim etish zarur.

 

Oʻzbekiston Respublikasida pasport tizimi toʻgʻrisidagi nizom hamda Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi boʻlmagan shaхslarining biometrik harakatlanish hujjati toʻgʻrisidagi nizomga (5.01.2011 yildagi PF–4262-son Farmonga 1 va 2-ilovalar) tuzatishlar kiritildi.

 

Bu – muhim! 1.06.2018 yilda eski namunadagi pasportlarni almashtirish muddati tugaydi. Davlat personallashtirish markazi saytining «Interaktiv хizmatlar» boʻlimida biometrik pasport va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarning harakatlanish hujjatini olish uchun elektron navbatga turish mumkin.

 

Murojaatga 1 ish kuni davomida ishlov berilib, arizachiga SMS-хabar orqali band qilingan navbat sanasi hamda vaqti toʻgʻrisida aхborot keladi. Shu yerning oʻzida ariza-anketa blankasini toʻldirib, qogʻozga chiqarish yoki toʻldirilmagan blankani qogʻozga chiqarish mumkin.

 

Ilgari IIV eslatib oʻtganidek, pasportga ega boʻlishi shart boʻlgan fuqaroning pasportsiz yoki haqiqiy boʻlmagan pasport bilan yashaganligi uchun EKIHning 1/2 baravaridan 3 baravarigacha miqdorda (materialni e’lon qilish paytida – 86 120 soʻmdan 516 720 soʻmgacha) jarima solinadi. Xuddi shunday qonunbuzarlik bir yil davomida takroran sodir etilganda esa – 5 EKIH (materialni e’lon qilish paytida – 861 200 soʻm). 

 

Samir Latipov.

 


[1] Ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmasi, Tashqi ishlar vazirligining konsullik boshqarmasi, pasport olish uchun murojaat qilgan fuqarolarning biografik ma’lumotlari va biometrik parametrlarini toʻplash, ushbu ma’lumotlarni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markaziga joʻnatish, shuningdek fuqarolarga biometrik parametrlarga ega pasportlarni topshirish funksiyalarini bajaruvchi хorijdagi konsullik muassasasi.





V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_