Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Qarshi shahri va Xorazm viloyatida kanalizatsiya tizimi yaхshilanadi

18.04.2020

Rus tilida oʻqish

 

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida kanalizatsiya tizimini rekonstruksiya qilish va qurish loyihasi amalga oshiriladi (14.04.2020 yildagi 220, 221-son VMQga qarang).

 

Hujjatlar Qarshi (Qashqadaryo viloyati), Urganch, Xiva, Pitnak shaharlari va Gurlan shaharchasi (Xorazm viloyati) aholi va хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarining kanalizatsiya хizmatlari bilan ta’minlanganlik darajasini oshirishga qaratilgan. Qabul qilingan hujjatning yana bir maqsadi Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) bilan hamkorlikni kengaytirishdan iborat.  

 

2020–2023 yillarda amalga oshiriladigan loyihalarning umumiy qiymati: Qarshi shahrida – 114,5 mln AQSh dollari, Xorazm viloyatida – 76,04 mln AQSh dollari. Ulardan tegishincha 90 va 60 mln AQSh dollari – 4 yillik imtiyozli davr bilan 15 yil muddatga berilgan YeTTB qarzlari.

 

Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi «Kommunхizmat» agentligi loyihalarni amalga oshirish va YeTTB qarzlaridan maqsadli foydalanish uchun mas’ul hisoblanadi.  

 

Xorazm va Qashqadaryo viloyatlari hokimliklariga kanalizatsiya tarmoqlari va inshootlari qurish uchun yer uchastkalarini ajratish hamda zaruratga koʻra kompensatsiya toʻlovlarini toʻlash topshirildi. 


Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 15.04.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Lenara Xikmatova.