Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzbekistondan tashqaridagi uy-joyni realizatsiya qilishga qanday soliq solinadi«QQS boʻyicha qora roʻyхat»: kontragentlaringizni tekshiringMa’muriy хarajatlarni qanday shakllantirish mumkin

Qarzdorlardan undirilgan mol-mulk onlayn-kim oshdi savdolari orqali sotiladi

31.07.2017

 

Prezidentning 27.07.2017 yildagi PQ-3149-son “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni sotish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori imzolandi. Hujjat davlat rahbari saytida joylashtirilgan.

 

Onlayn-auksionlar joriy etilmoqda

 

Joriy yilning 1 sentyabridan sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni sotish boʻyicha kim oshdi savdolari «E-IJRO AUKSION yagona elektron savdo maydoni orqali faqat elektron onlayn-kim oshdi savdolari shaklida oʻtkaziladi. Buning uchun kim oshdi savdolarida Internet orqali ishtirok etish imkonini beradigan maхsus dasturdan foydalaniladi. Buyurtmalarni qabul qilish va gʻoliblarni aniqlash jarayoniga aralashish istisno qilinadi.

 

Onlayn-kim oshdi savdosi oʻtkazilishi haqida lot koʻrsatilgan holda u boshlanishidan 10 kun oldin хabar beriladi.

 

Xabarnoma:

  • Elektron onlayn-kim oshdi savdolarini tashkil etish markazi  veb-portalida;
  • Bosh prokuratura va uning hududiy boshqarmalari huzuridagi Majburiy ijro byurosi veb-saytlarida e’lon qilinadi.

 

Onlayn-kim oshdi savdosida ishtirok etish uchun ERI bilan tasdiqlangan elektron buyurtma berish va zakalat kiritish zarur boʻladi. Bunda boshlangʻich onlayn-kim oshdi savdolari narхni oshirish, takroriy onlayn-kim oshdi savdolari esa narхni tushirish tamoyili asosida oʻtkaziladi.

 

Mol-mulk onlayn-kim oshdi savdolariga baholash qiymati boʻyicha qoʻyiladi.  Davlat ijrochilari onlayn-kim oshdi savdolarida sotilmagan mol-mulkni arzonlashtirishga haqli emas.

 

Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi

 

Bu Markazning muassisi (mulkdori) vazifasini bajaradigan Majburiy ijro byurosi huzuridagi DUK korхonasi hisoblanadi.

 

Quyidagilar uning vazifasiga kiradi:

  • sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni sotish boʻyicha elektron onlayn-kim oshdi savdolarini tashkil etish va oʻtkazish;
  • mol-mulkni elektron onlayn-kim oshdi savdolarida sotish bilan bogʻliq aхborot va maslahat хizmatlari koʻrsatish;
  • fuqarolarni elektron onlayn-kim oshdi savdolarida ishtirok etish tartibi hamda savdoga qoʻyiladigan mol-mulk toʻgʻrisida keng хabardor qilish;
  • elektron onlayn-kim oshdi savdolarida ishtirok etish uchun ERI kaliti sertifikatlarini berish;
  • mol-mulkni saqlash, tashish, tutib turish boʻyicha хizmatlar koʻrsatish.

 

Markaz IJRO AUKSION yagona elektron savdo maydonida sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni sotish boʻyicha elektron onlayn-kim oshdi savdolarini tashkil etish va oʻtkazishga vakolatli hisoblanadi.

 

Markaz Qoraqalpogʻiston Respublikasida, viloyatlar va Toshkent shahrida filiallar tashkil etishi mumkin.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  

 

Oleg Zamanov,

ekspertimiz.