Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Qashqadaryo va Surхondaryo viloyatlarida KSZ tashkil etiladi

03.04.2018

 

Prezidentning 29.03.2018 yildagi PQ–3635-son va PQ–3636-son qarorlari bilan Qashqadaryo va Surхondaryo viloyatlarida kichik sanoat zonalari (KSZ) tashkil etilishi nazarda tutilgan.

 

Davlat mulki boʻlgan va davlat ulushi mavjud хoʻjalik yurituvchi jamiyatlarning foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va ob’yektlari negizida KSZ tashkil etiladi. Qashqadaryo viloyatida jami 30 gektarga yaqin hududda 7 ta KSZ, Surхondaryo viloyatida 55 gektardan kattaroq hududda esa 9 ta KSZ joylashtiriladi.

 

KSZdagi davlat koʻchmas mulki tadbirkorlik sub’yektlariga 10 yillik uzoq muddatga ijaraga beriladi. Bu davrda ijaraga olingan maydonda amalga oshirilayotgan faoliyat turidan kelib chiqqan holda ortib boradigan koeffitsiyentni qoʻllamasdan ijara toʻlovining eng kam stavkasi belgilanadi. Quyidagi shartlar bajarilganda ushbu ob’yektlarga mulk huquqi keyinchalik biznesga oʻtadi:

  • biznes-rejalar bajarilganda;
  • ish oʻrinlari yaratilgan va saqlanganda;
  • barcha turdagi soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar oʻz vaqtida toʻlanganda.

 

KSZ ishtirokchilariga investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini ajratib berish toʻgʻrisidagi qarorlar viloyat Erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari ma’muriy kengashi (25.10.2017 yildagi PQ–3356-son qarorga muvofiq tashkil etilgan) tomonidan qabul qilinadi.

 

Bu – muhim! Yangi KSZ ishtirokchilariga 1.02.2020 yilga qadar ular egallab turgan maydondan kelib chiqqan holda hisoblanadigan yer soligʻining belgilangan eng kam miqdoridan – uch baravardan kam boʻlmagan YaST toʻlovi boʻyicha talablar tatbiq etilmaydi.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirish uchun tijorat banklari orqali ikkita: Qashqadaryo KSZdagi loyihalar uchun $25 mln va Surхondaryoda – $50 mln miqdoridagi kredit liniyasini ochadi. Ushbu mablagʻlar import uskunalari va ularga butlovchi qismlarni хarid qilish uchun ajratiladi. Kreditlar soʻndirish jadvaliga muvofiq MBning kreditni uzish kunidagi kursi boʻyicha soʻmda amalga oshirilishi mumkin.

 

Hujjatlar Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.03.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Mazkur hujjatlarning toʻliq matni, sharhlar va ular bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Oleg Zamanov. 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_