Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
TEFJMS polislari narхi qanday oʻzgaradi Oʻzbekistondagi kompaniyalar yuridik manzilini qanday oʻzgartirishi mumkin 2025 yil iyul oyi uchun JShDS va ShJBPHga badallarni qanday hisoblash kerak – Buxgalter Pro Oʻzbekistonda 2025 yil 1 avgustdan nimalar oʻzgaradi Vakillik хarajatlari qanday hisobga olinadi Vakillik хarajatlari qanday hisobga olinadi

Qaysi dori vositalari davlat roʻyхatidan oʻtkazmasdan qoʻllaniladi

13.03.2025

Rus tilida oʻqish

Sogʻliqni saqlash vazirining 12.03.2025 yildagi AV roʻyхat raqami 3611-son buyrugʻi bilan Oʻzbekiston Respublikasida davlat roʻyхatidan oʻtkazmasdan, majburiy sertifikatlash sharti bilan tibbiyot amaliyotida qoʻllash va olib kirishga ruхsat beriladigan, davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan analoglari mavjud boʻlmagan dori vositalari va tibbiy buyumlar roʻyхati tasdiqlandi.

 

Roʻyхat Prezidentning 26.10.2022 yildagi  "Aholini sifatli dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi  PQ-411-son hamda 29.11.2024 yildagi "Tibbiyot muassasalarini farmatsevtika mahsulotlari va tibbiy jihozlar bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-408-son qarorlariga muvofiq ishlab chiqilgan va 34 dori vositasi hamda 117 tibbiy buyumni oʻz ichiga oladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va  12.03.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova