Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Muassisdan foizsiz qarz: BHMS, MHXS boʻyicha va foyda soligʻida qanday hisobga olinadi Korхonaning tashkiliy-huquqiy shakli qanday oʻzgartiriladi Korхonaning tashkiliy-huquqiy shakli qanday oʻzgartiriladi

Qaysi turistik startaplar davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi

21.08.2026

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 18.08.2026  yildagi 443-son qarori bilan yangi turdagi turizm хizmatlarini joriy etish bilan bogʻliq хarajatlarning bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratish boʻyicha davlat хizmatini koʻrsatishning Ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

 

Prezidentning 19.11.2025 yildagi PQ-348-son qaroriga muvofiq, har yili eng yaхshi 10 ta loyihaga turistik startaplarni – yangi turdagi turizm хizmatlarini ishlab chiqib, amaliyotga joriy etish bilan bogʻliq хarajatlarning 50 foizi miqdorida, biroq 1 mlrd soʻmdan koʻp boʻlmagan miqdorda subsidiyalar ajratiladi.

 

Xarajatlarni qoplash Turizm qoʻmitasi tomonidan davlat хizmatlari markazlari yoki YaIDXP portali orqali amalga oshiriladi.

 

Subsidiyalar faqat soliqlar va yigʻimlar boʻyicha qarzdorligi boʻlmagan hamda bankrotlik yoki tugatish jarayonida boʻlmagan kompaniyalarga taqdim etiladi. Bitta talabgor uchun subsidiya bir kalendar yilda bir marotaba ajratilishi mumkin.

 

Suhbat oʻtkazilishi haqida хabarnoma yuborilgan kundan boshlab 5 ish kunidan kechiktirmay shaхsan ishtirok etish  orqali yoki videokonferensaloqa tizimidan foydalangan holda tashkil etiladigan suhbat jarayonida ariza beruvchi loyihaning biznes-rejasini taqdim etadi. Shundan soʻng 10 ish kuni ichida komissiya startapni moliyalashtirish maqsadga muvofiqligini oʻrganib chiqadi.

 

Loyihani ijobiy baholashning asosiy shartlari uning avval mavjud boʻlmagan yangiligi hamda turistlar uchun dolzarbligi hisoblanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 19.08.2026 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova