Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Zargarlik buyumlarini majburiy raqamli markirovkalash qachon joriy etiladiFoyda soligʻi hisob-kitobiga ilovalarni toʻldirish davriyligi Foyda soligʻi hisob-kitobi qanday tuzilishi kerak Foyda soligʻi hisob-kitobi qanday tuzilishi kerak

Qaysi voyaga yetmagan mahkumlar sudlanmagan deb tan olinadi

27.10.2025

Rus tilida oʻqish

23.10.2025 yilda "Voyaga yetmaganlarga nisbatan jinoiy javobgarlik yanada liberallashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1092-sonli Qonun qabul qilindi. 

 

Xususan, "Sudlanganlikning huquqiy ahamiyati" deb nomlangan 77-modda quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirildi: oʻn sakkiz yoshga toʻlguniga qadar sodir etgan jinoyati uchun tayinlangan jazoni oʻtab boʻlgan shaхs sudlanmagan deb hisoblanadi, bundan oʻta ogʻir jinoyatlar sodir etgan yoki sodir etgan jinoyati uchun tayinlangan jazoni oʻtab boʻlganidan soʻng oʻn sakkiz yoshga toʻlguniga qadar yangi jinoyat sodir etgan hollari mustasno.

 

Shuningdek, 841 va 85-moddalarga kiritilgan oʻzgartirishlar bilan voyaga yetmaganlar uchun ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilishning eng kam muddati olti oydan bir oygacha qisqartirildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilindi va 24.10.2025 yildan kuchga kirdi.