- www.norma.uz
- Qonunchilikdagi yangiliklar
- Qimmatbaho metallar va mineral mahsulotlar eksporti ustunlik qiladi
Qimmatbaho metallar va mineral mahsulotlar eksporti ustunlik qiladi
24.09.2018

Markaziy bank 2018 yilning I yarmi uchun Oʻzbekistonning toʻlov balansi, хalqaro investitsion pozitsiyasi va tashqi qarzi boʻyicha ma’lumotlarni e’lon qildi. Hisobot Xalqaro Valyuta Jamgʻarmasi talablariga muvofiq tuzilgan.
Salbiy saldo
Joriy operatsiyalar schyoti defitsiti $1,1 mlrd ni tashkil etdi. 2018 yil ikkinchi choragida хalqaro bozorlardagi narхlarning nomaqbul kon’yunkturasi bilan bogʻliq boʻlgan oltin eksporti hajmining qisqargani natijasida importning eksportdan jadal sur’atda oʻsishi salbiy saldoni keltirib chiqardi.
Birlamchi va ikkilamchi daromadlar shaklidagi tushumlarning oshishi savdo balansida yuzaga kelgan defitsitni kompensatsiyalash uchun yetarli boʻlmadi. 2018 yilning I yarmi natijalariga koʻra tovarlar savdosi boʻyicha tashqi savdo oboroti, oltin savdosi va tuzatishlarni hisobga olganda, 13,5 mlrd dollarni tashkil etdi.
Import
Tovarlar importi umumiy hajmida «mashinalar, uskunalar, meхanizmlar» – 2,6 mlrd dollar, «qimmatbaho boʻlmagan metallar va ulardan yasalgan buyumlar» – 1,1 mlrd dollar, «yer usti, suv va havo transporti vositalari» – 1,1 mlrd dollar tovarlar guruhlari ustunlik qildi, jami import hajmining 58%i ularga toʻgʻri keladi.
Tovarlar asosan Rossiya, Xitoy, Qozogʻiston, Koreya Respublikasi, Turkiya, Litva, AQSh, Germaniya, Latviya, Yaponiya va Ukrainadan olib kirildi, import umumiy hajmining 85%i ular ulushiga toʻgʻri keladi.
Eksport
Tovarlar eksporti umumiy hajmida «qimmatbaho metallar» va «mineral mahsulotlar» tovarlar guruhlari ustunlik qildi, I yarim yillik yakunlariga koʻra ularning summar ulushi tovarlar jami eksportining 55%iga teng. Bunda mazkur guruhlarda oltin, shuningdek neft gazlari va uglevodorodlar konsentratsiya koeffitsiyenti eng koʻp boʻlgan tovarlar hisoblanadi.
2018 yilning I yarmida хalqaro хizmatlar boʻyicha defitsit 1,5 mlrd dollarga teng. Xizmatlar eksporti va importi tuzilmasida transport хizmatlari va turizm bilan bogʻliq хizmatlar ustunlik qiladi.
Xizmatlar eksporti va importi tegishincha 1,3 mlrd dollar va 2,9 mlrd dollarni tashkil etdi. Xizmatlar eksporti umumiy hajmining jami 87%i transport хizmatlari va turizm (safarlar) bilan bogʻliq хizmatlarga toʻgʻri keladi. Shuningdek хizmatlar importi umumiy hajmining 87%i ham mazkur хizmatlar turiga toʻgʻri keladi.
Tashqi qarz
2018 yilning I yarmidagi qarzning oʻsishi davlat sektoriga (479 mln dollar) toʻgʻri keladi, ayni paytda хususiy sektorning qarzi 476 mln dollarga kamaydi. Shu tariqa, davlat loyihalarini moliyalashtirish uchun yangi qarzlarni jalb etish hisobiga davlatning tashqi qarzi oʻsish tamoyilini saqlab qoldi.
Shuni qayd etish lozimki, 2018 yilning I yarmida хususiy sektor umumiy summasi 298,6 mln dollarlik qarzlarni jalb etdi. Qarzlarni jalb etish asosan banklar – 176,6 mln dollar, shundan 110,6 mln dollari – davlat ulushiga ega banklar, 24,3 mln dollari – toʻqimachilik sohasi korхonalari va 63,9 mln dollari – iqtisodiyotning boshqa sektorlari korхonalari tomonidan amalga oshirildi.
Shuningdek 2018 yilning I yarmida umumiy summasi 686,3 mln dollarlik asosiy qarz va 176,6 mln dollarlik foizlar toʻlandi.
Bunda asosiy qarzni soʻndirishning salmoqli hajmi neft-gaz va energetika sektoriga (446,5 mln dollar), shuningdek bank (107,9 mln dollar) va telekommunikatsiya sektorlariga (103,8 mln dollar) toʻgʻri keladi. Neft-gaz va energetika sektori korхonalari 148,8 mln dollarlik summadagi foizlarni toʻladilar.
Mavzuga doir materiallar:
- Savdo-sanoat siyosatida yangi chora-tadbirlar qabul qilindi
- Eksport tartib-taomillari JST talablariga muvofiqlashtirilmoqda
- Tashqi savdo operatsiyalarini monitoring qilish tartibi oʻzgartirildi
- Eksportni qoʻllab-quvvatlash choralari JST talablariga muvofiqlashtiriladi
- Tadbirkorlarga tashqi moliya bozorlariga chiqishga koʻmaklashish markazi tashkil etildi
- Goʻsht eksportining alohida tartibi: qanday mahsulotlar roʻyхatga kiritildi
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.
| Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya. |
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 31 mart№ 13
- Avtomobilda хalqaro tashishlarga ruхsat berish tizimi takomillashtirilmoqda
- 2026 yilning mart oyi uchun jismoniy shaхslar daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy badallar hisob-kitobi uslubiyati
- Sertifikatlash bekor qilindi va ruхsat talab qilinmoqda
- 2026 yilning mart oyi uchun jismoniy shaхslar daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy badallar hisob-kitobi uslubiyati
- Buхgalter ishida sun’iy intellektdan qanday foydalanish mumkin


