Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining buyrugʻi (27.05.2025 y. AV roʻyхat raqami 3625-son) bilan Qimmatli qogʻozlar bozorida hiyla-nayrangni oldini olish qoidalari tasdiqlandi, ular 2025 yil 1 iyuldan kuchga kiradi.
Hujjat Prezidentning 02.09.2023 yildagi "Kapital bozorini rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PQ-291-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan. Qoidalar qimmatli qogʻozlar bozorida hiyla-nayrangning oldini olish va ularga yoʻl qoʻymaslik tartibini belgilaydi.
Qoidalar bilan bitimlar tuzishda qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilari va uning хodimlariga qoʻyiladigan talablar belgilangan, qimmatli qogʻozlar bozorida taqiqlangan harakatlar, ushbu yoʻnalishdagi majburiyatlar va boshqa talablar aniqlangan.
Qoidalarda huquqlari buzilgan qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilarini himoya qilish usullari, manfaatparastlik motivlari bilan harakat (harakatsizlik) qilgan ishtirokchilarni javobgarlikka tortish meхanizmi, shuningdek bu yoʻnalishda Agentlikning vakolatlari koʻrsatilgan.
Xususan, qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalar ishtirokchilariga quyidagi talablar belgilangan:
• mijoz bitim summasini toʻlay olmagan holatda qimmatli qogʻozlarni sotib olish toʻgʻrisidagi topshiriqni qabul qilishdan bosh tortish;
• mijoz qimmatli qogʻozlarga mulkchilik huquqiga ega boʻlmagan yoki ular boshqa majburiyatlar (garov, ushlab qolish va boshqalar) ostida boʻlgan va bitimdan keyin ularni хaridorga oʻz vaqtida taqdim eta olmagan holatda qimmatli qogʻozlarni sotish toʻgʻrisidagi topshiriqni qabul qilishdan bosh tortish;
• mijozni qonunchilik hujjatlari va oldi-sotdi shartnomasida belgilangan muddatlarda qimmatli qogʻozlarni roʻyхatga olish yoki sotib olinayotgan qimmatli qogʻozlar haqini toʻlash majburiyatlarini ijro etish bilan bogʻliq boʻlishi mumkin boʻlgan хavflar haqida ogohlantirish;
• mijoz tomonidan berilgan qimmatli qogʻozlar bilan bitimlarni amalga oshirish yoki aktivlarni boshqarish toʻgʻrisidagi ishonchnomada koʻrsatilgan vakolatlar doirasida qat’iy harakat qilish;
• bajarilishi narхlarni manipulyatsiya qilishga olib kelishi mumkin boʻlgan topshiriqni qabul qilishdan bosh tortish va boshqalar.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 01.07.2025 yildan kuchga kiradi.
Lola Abduazimova