Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Qimmatli qogʻozlar faqat joylashtirilganidan keyin sotiladi

09.12.2019

Rus tilida oʻqish

 

Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tomonidan qimmatli qogʻozlar muomalasi maхsus tartibi belgilandi (roʻyхat raqami 3199, 5.12.2019 yil).

 

Bundan buyon qimmatli qogʻozlar muomalasiga faqat ularni joylashtirish tugaganidan keyin yoʻl qoʻyiladi. Ushbu talab quyidagilarga tatbiq etilmaydi:

  • davlat qimmatli qogʻozlariga – Oʻzbekistonning gʻaznachilik majburiyatlari va Hukumat tomonidan vakolat berilgan organ chiqargan obligatsiyalarga, shuningdek Markaziy bank obligatsiyalariga (ularni joylashtirish va muomalaga chiqarishning oʻz tartibi mavjud);
  • 5 dekabrgacha, ya’ni buyruq chiqquniga qadar muomalaga chiqarilgan qimmatli qogʻozlarga.

 

Eslatib oʻtamiz, qimmatli qogʻozlarning muomalasi – qimmatli qogʻozlarni sotib olish va sotish, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan, qimmatli qogʻozlarning egasi almashuviga olib keladigan boshqa harakatlar, joylashtirish esa – qimmatli qogʻozlarni ularning dastlabki egalariga berish. Qimmatli qogʻozlarni joylashtirish tartib-taomillari «Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida»gi Qonunning 17-moddasi, Konvertatsiya qilinadigan qimmatli qogʻozlarni joylashtirish va muomalasi tartibi toʻgʻrisidagi nizom, Qimmatli qogʻozlarni joylashtirish va muomalaga kiritish kvotalari tartibi toʻgʻrisida nizom va boshqa normativ hujjatlar bilan tartibga solinadi.

 

Savdolar tashkilotchilari ikki haftalik muddatda oʻz hujjatlarini yangi tartibga muvofiqlashtirishi lozim.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 5.12.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.