Qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organining "Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi" aksiyadorlik jamiyati bilan oʻzaro hamkorligi toʻgʻrisida nizom qabul qilindi (13.08.2025 y. AV roʻyхat raqami 3666-son).
Nizom bilan qimmatli qogʻozlar emissiyalarini hisobga olish, roʻyхatga olish va saqlash tartibi, shuningdek qimmatli qogʻozlarga oʻzgartirishlar kiritish va ularni hisobdan chiqarish tartibi tartibga solinadi.
Markaziy depozitariy vakolatli organ – Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan roʻyхatga olingan emissiyalarni hisobga oladi. Faqat hisobga olingan qimmatli qogʻozlarning muomalada boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi. Chiqarishni hisobga olish uchun vakolatli organ depozitariyga zarur hujjatlar toʻplamini yuboradi.
Hujjatda emissiya parametrlariga oʻzgartirishlar kiritish tartibi, shu jumladan qoʻshimcha aksiyalarni chiqarish va chiqarishlarni bekor qilish tartib-taomili belgilangan. Bekor qilingan taqdirda qimmatli qogʻozlar Markaziy depozitariyda hisobdan chiqariladi.
Markaziy depozitariy har haftada va har chorakda vakolatli organga hisobga olishning holati va emissiyalardagi oʻzgarishlar toʻgʻrisida hisobotlarni taqdim etadi. Shuningdek, chiqarilishlar yagona davlat reyestri ma’lumotlari bilan solishtiriladi.
Nizom talablarini buzganlik uchun javobgarlik qonunchilikka muvofiq nazarda tutilgan.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 14.08.2025 yildan kuchga kirdi.
Saodat Usmanova