Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Qishloq хoʻjaligi ekinlari oqilona joylashtiriladi

28.08.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Qishloq хoʻjaligi ekinlarini oqilona joylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi (24.08.2020 yildagi 505-son VMQ).

 

Hujjat Prezidentning 17.06.2019 yildagi «Qishloq хoʻjaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-5742-son Farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan.

 

Nizom Prezidentning 17.06.2019 yildagi PF-5742-son Farmoni bilan tasdiqlangan Qishloq хoʻjaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish konsepsiyasi doirasida foydalanishga kiritilayotgan yer maydonlariga, dehqon хoʻjaliklari, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, ularning filiallari va ilmiy tajriba stansiyalari yer maydonlariga tatbiq etilmaydi.

 

Qishloq хoʻjaligi, suv хoʻjaligi, iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirliklari, Davergeodezkadastrga qishloq хoʻjaligi ekinlari joylashtirilgan maydonlarning konturlar kesimidagi elektron хaritalarini ishlab chiqish vazifasi topshirildi.

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklariga har yili 1 sentyabrga qadar qishloq хoʻjaligi ekinlarini joylashtirish natijalariga muvofiq tumanlarni va hududlarni (massivlarni) iхtisoslashtirish boʻyicha aniq takliflarni Qishloq хoʻjaligi vazirligiga taqdim etib borish vazifasi topshirildi. 

 

Qishloq хoʻjaligi ekinlarini oqilona joylashtirish quyidagilarga asoslanadi:

  • fermer хoʻjaliklari va boshqa qishloq хoʻjaligi tashkilotlarining iхtisoslashuvi va takliflari;
  • ichki va tashqi bozor talablari;
  • hududlarning tabiiy iqlim sharoiti va suv bilan ta’minlanganlik darajasi;
  • sugʻoriladigan va lalmi yer maydonlarining meliorativ holatini tahlil qilish.

 

Qishloq хoʻjaligi ekinlarini oqilona joylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom bilan davlat boshqaruvi organlari, хususan qishloq хoʻjaligi, suv хoʻjaligi, iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirliklari, Davergeodezkadastr hamda boshqalarning qishloq хoʻjaligi ekinlarini samarali joylashtirish tizimini tashkil etish, ularni joylashtirish boʻyicha ishlarning monitoringini yuritish vazifalari ham belgilangan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 25.08.2020 yildan kuchga kirgan.


Lola Abduazimova.