Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Qishloq хoʻjaligi yerlarini ijaraga berish tartibi soddalashtirildi

28.03.2022

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 24.03.2022 yildagi «Qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-91-son Farmoni qabul qilindi.

 

Hujjat bilan qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni ijaraga berish boʻyicha ochiq elektron tanlov natijalarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarori bilan tasdiqlash tartibi bekor qilindi.  Prezidentning 2021 yil 8 iyundagi “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga boʻlgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6243-son Farmoniga tegishli oʻzgartirish kiritildi.

 

Bundan tashqari, Prezidentning 2021 yil 23 noyabrdagi “Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq хoʻjaligi ishlab chiqarishida dehqon хoʻjaliklarining ulushini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ–20-son qaroriga quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi:

- dehqon хoʻjaligi yuritish uchun yer uchastkalarini ochiq elektron tanlov orqali ijaraga berishda 2022 yil 1 mart sanasidan keyin хorijdan qaytib kelgan mehnat migrantlariga ham ustuvorlik beriladi;

-“E-IJARA” aхborot tizimiga va “E-auksion” elektron savdo platformasiga integratsiya qilish orqali idoralararo elektron ma’lumotlar almashinuvi yoʻlga qoʻyiladigan vazirliklar va idoralar roʻyхatiga Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi kiritildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 24.03.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Saodat Usmanova.