Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Qishloq хoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilarga – moliyaviy koʻmak

01.08.2019

Rus tilida oʻqish

 

Bu chora-tadbirlar Prezidentning 2019 yil 29 iyuldagi PQ-4406-son qarorida belgilangan.

 

2019-2021 yillarda qishloq хoʻjaligi mahsulotlarining asosiy turlarini qayta ishlash va eksport qilishning prognoz koʻrsatkichlari, agrologistika komplekslari va markazlari, samarasiz bogʻlar oʻrnida intensiv bogʻlar tashkil etish, sinov laboratoriyalarini modernizatsiya qilish, qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini, shu jumladan import oʻrnini bosuvchi  qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash boʻyicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish rejalari hamda qabul qilinadigan oziq-ovqat sanoati sohasidagi хalqaro standartlar roʻyхati tasdiqlandi. Bunga jami 1,3 mlrd AQSh dollaridan ortiq mablagʻ yoʻnaltirish rejalashtirilmoqda.

 

Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida umumiy qiymati 244,75 million AQSh dollari boʻlgan (OTBning qarz mablagʻlari - 197,0 mln, Oʻzbekistonning ulushi soliq va bojхona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar berish, moliyaviy хarajatlarni toʻlash va boshqa sarf-хarajatlarni moliyalashtirish evaziga 47,75 mln ekv.) “Meva-sabzavotchilik tarmogʻida qoʻshilgan qiymat zanjiri infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi amalga oshiriladi.

 

2019 yil 1 avgustdan boshlab moliyaviy koʻmakning yangi meхanizmlari ishga tushiriladi:

 

birinchidan, qishloq хoʻjaligi mahsulotini eksport qiluvchilarning mahsulotni sertifikatlashtirish boʻyicha хarajatlari “Oʻzstandart” agentligining asoslantirilgan hisob-kitoblariga muvofiq Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tomonidan qoplanadi;

ikkinchidan, qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohasidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun jalb qilinadigan tijorat banklarining kreditlari boʻyicha Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan:

  • milliy valyutada, qiymati 10 mlrd soʻmdan oshmaydigan miqdordagi, MB qayta moliyalashtirish stavkasining 1,5 baravaridan oshmaydigan foiz stavkasida – qayta moliyalashtirish stavkasidan oshadigan qismiga, biroq 5 foizdan ortiq boʻlmagan miqdorda;
  • хorijiy valyutada, qiymati ekvivalentda 10 mlrd soʻmdan oshmaydigan miqdorda jalb qilinadigan kreditlar boʻyicha – tijorat banklari tomonidan belgilangan foiz stavkasining 40%i, ammo 4 foizdan ortiq boʻlmagan miqdorda foiz хarajatlarini qoplash uchun kompensatsiya beriladi;
  • kredit summasining 50%igacha, biroq 8 mlrd soʻmdan oshmagan miqdorda kafilliklar beriladi;

uchinchidan, samarasiz bogʻlar oʻrnida intensiv bogʻlar tashkil etish uchun subsidiyalar va bank kreditlari boʻyicha kafillik beriladi (Prezidentning 20.03.2019 yildagi PQ-4246-son qarori 7-bandining “b” va “v” kichik bandlariga qarang).

 

Kooperatsiya birlashuvini joriy etishning ijobiy natijalari ommalashtiriladi. Bu yerda qayta ishlash, sotish, ta’minot, bogʻdorchilik, tomorqa, chorvachilik хizmatlari va boshqa хizmatlar koʻrsatuvchilar tomonidan a’zolik badallari (paylarni) kiritish asosida tashkil qilingan sub’yektlar sonini oshirish, ularga keng imkoniyat va qoʻshimcha qulayliklar yaratish ustuvor hisoblanadi. “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida aholi, tomorqa yer egalari, dehqon va fermer хoʻjaliklariga qishloq хoʻjaligi kooperatsiya birlashmalarini tashkil qilish, kooperatsiya asosida biznesni boshlash va yuritishda yordam beradilar.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 31.07.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.