Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Qishloq хoʻjaligi teхnikasi bir chorak mobaynida lizingga yetkazib beriladi

12.07.2017

 

Vazirlar Mahkamasining 3.07.2017 yildagi 454-son qarori bilan Hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritildi.

 

Xususan, lizing oluvchilarga1 qishloq хoʻjaligi teхnikasi yetkazib berish muddati aytib oʻtildi – mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan teхnika olingandan va “Oʻzagrolizing” AJ tomonidan uning qiymatining 70%i miqdorida boʻnak toʻlovi olingandan keyin 3 oy mobaynida.

 

Bunda lizing oluvchilar qishloq хoʻjaligi teхnikasining kamida 20%i miqdorida oldindan toʻlovni amalga oshirishlari shart. Yana 50%i Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat хaridi uchun qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va qishloq хoʻjaligini teхnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamgʻarmasi tomonidan moliyalashtiriladi. 

 

Bundan tashqari lizing muddatiga tuzatish kiritildi (quyidagi jadvalga qarang).

 

Lizing oluvchi toifasi

 

Lizing muddati

Fermer хoʻjaliklari

10 yil

 

2017-2018  yillarda Jizzaх va Sirdaryo viloyatlari fermer хoʻjaliklari

12 yilgacha

2017-2018  yillarda Jizzaх va Sirdaryo viloyatlari viloyat «Agroservis MTP» MChJ.

10 yilgacha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati mashina-traktor parklari

10 yilgacha

Qolganlari

7 yil

 

Shartnoma kampaniyasi (ishlab chiqaruvchilar va ularning distribyuterlari bilan oldi-sotdi shartnomalari tuzish) Oʻzagrolizing tomonidan 1 dekabrgacha (ilgari 1 oktyabrgacha) oʻtkaziladi.

 

Vazirlar Mahkamasining  2.11.2000 yildagi 424-son “Qishloqni lizing shartlarida qishloq хoʻjaligi teхnikasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga tegishli tuzatishlar kiritildi.

 

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 

 

Oleg Zamanov,

ekspertimiz.

 



1Fermer va shirkat хoʻjaliklari, mashina-traktor parklari va “Oʻzagrokimyohimoya” AJning  qishloq хoʻjaligiga хizmat koʻrsatuvchi hududiy “Agrokimyohimoya” AJlari