Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Qishloq joylarda uy-joylar qanday quriladi

10.06.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 4.06.2020 yildagi 355-son qarori bilan qishloq joylarda koʻp kvartirali uy-joylarni qurishda tadbirkorlik sub’yektlarini keng jalb etish chora-tadbirlari tasdiqlandi.

 

Prezidentning 28.11.2019 yildagi «Ipoteka krediti meхanizmlarini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PF-5886-son Farmoniga muvofiq Qishloq joylarda koʻp kvartirali uy-joylar quradigan tadbirkorlik sub’yektlarini aniqlash boʻyicha tanlovlar oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

2020 yil 1 iyuldan boshlab:

  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tmonidan yer uchastkalari qurilishi rejalashtirilgan uy-joylar boʻyicha qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan sugʻoriladigan yerlar va oʻrmon fondi yerlari toifasiga kirmaydigan hamda aholini majburiy koʻchirish хavfi boʻlmagan taqdirda ajratiladi;
  • tumanlar (viloyatlar) hokimliklari huzuridagi yer uchastkalarini realizatsiya qilish masalalarini koʻrib chiquvchi komissiyaning tarkibiga «Oʻzgidromet» markazining hududiy boʻlinmalari vakillari kiritiladi;
  • qishloq joylarda koʻp kvartirali uy-joylarni quradigan kompaniyalarni aniqlash boʻyicha tanlov savdolarida gʻolib boʻlgan pudrat tashkilotlari bilan investitsiya shartnomalari tuziladi, bunda tadbirkorlik sub’yektlari investitsiya majburiyatlarini oʻz zimmasiga oladi;
  • tortib kelinadigan va maydon ichki suv ta’minoti va kanalizatsiya tarmoqlari hamda avtomobil yoʻllarini qurish Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari ekspertizasi хulosalariga koʻra amalga oshiriladi.

 

Qishloq joylarda koʻp kvartirali uy-joylar quradigan kompaniyalarni aniqlash boʻyicha tanlovlarni tashkil etish va oʻtkazish Qurilish vazirligining hududiy boʻlinmalari huzuridagi konsalting markazlariga topshiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 5.06.2020 yildan kuchga kirdi.


Lola Abduazimova.