21.10.2016 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «2017-2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturi toʻgʻrisida»gi Qarori qabul qilindi.
- www.norma.uz
- Qonunchilikdagi yangiliklar
- Qishloq joylarda uy-joylar yanada arzonlashadi
Qishloq joylarda uy-joylar yanada arzonlashadi
26.10.2016
Imtiyozli shartlarda ipoteka
Hujjat bilan qishloq joylarda arzon uy-joylarning yangi namunalarini joriy qilish nazarda tutiladi:
I namuna: hovli imoratlari va qulayliklarga ega hovlilari boʻlgan ikki, uch qavatli koʻp kvartirali (2, 3 хonali) uylar;
II namuna: aholi zich joylashgan tumanlarda hovlidagi imoratlar bilan birgalikda maydoni 0,02 gektar boʻlgan yer uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli 2 va 3 хonali uylar;
III namuna: hovlidagi imoratlar bilan birgalikda maydoni 0,04 gektar boʻlgan yer uchastkalarida joylashtiriladigan ikki qavatli 4 хonali birlashtirilgan uylar .
Uy quruvchilarga 3 yillik imtiyozli davr bilan 15 yil muddatga ipoteka kreditlari beriladi. Kreditlar boʻyicha foiz miqdori quyidagicha belgilanadi:
- 7% yillik – dastlabki 5 yil;
- MBning qayta moliyalashtirish stavkasi – qolgan davr.
Eslatib oʻtamiz, qayta moliyalashtirish stavkasi Markaziy Bank tomonidan har yili belgilanadi. Joriy yilda u yillik 9%ni tashkil etadi.
Kredit boʻyicha dastlabki badal quyidagi miqdorlarni tashkil etadi:
- I va II namunali turar joylar uchun – 15 %;
- III namunali turar joylar uchun – 25 %.
2017 yilda 15 mingta yangi uy quriladi
Dasturda 2017 yilda namunaviy loyihalarning aniq turlari boʻyicha qishloq joylarda umumiy moliyalashtirish hajmi 2 121,5 milliard soʻm boʻlgan 15,0 mingta arzon, shu jumladan birinchi namuna boʻyicha – 4 608 ta, ikkinchi namuna boʻyicha – 3 739 ta, uchinchi namuna boʻyicha – 3 672 ta zamonaviy, shinam uy-joylar qurilishining yigʻma va asosiy parametrlari tasdiqlangan.
Quruvchilarga - imtiyozlar
Hujjatda soliq imtiyozlari koʻzda tutilgan, хususan, 2022 yil 1 yanvargacha quyidagilar belgilangan:
- pudrat tashkilotlari – "Qishloq qurilish invest" IK MChJ bilan tuzilgan shartnomalar boʻyicha foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida massivlarda uylar, suv ta’minoti ob’yektlari va avtomobil yoʻllari qurish boʻyicha ishlar hajmlari uchun – soliqlarning barcha turlarini va davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalar toʻlashdan;
- subpudrat tashkilotlari – massivlarda uylar, suv ta’minoti ob’yektlari va avtomobil yoʻllari qurishga "Qishloq qurilish invest" IK MChJ bilan shartnomalar tuzgan bosh pudrat tashkilotlari bilan tuzilgan kontraktlar boʻyicha ular tomonidan bajariladigan ishlar hajmlari uchun – YaST toʻlashdan;
- qurilish materiallari va asbob-uskunalar ishlab chiqaruvchi tashkilotlar, shuningdek ularni tashiydigan tashkilotlar – foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida uylar qurish uchun "Qishloq qurilish invest" IK MChJga va "Qishloq qurilish invest" IK MChJ bilan shartnomalar tuzgan bosh pudrat tashkilotlariga qurilish materiallari va asbob-uskunalarni realizatsiya qilish va ularni tashish (jumladan import materiallarni) hajmlari uchun QQS, YaST va davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalar toʻlashdan ozod etiladi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan yaqin orada «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg ZAMANOV,
ekspertimiz
Yangi sonlarda oʻqing
- Davlat mulkini boshqarish: nimalar oʻzgardi
- «Mehnat migratsiyasi jarayonlarini takomillashtirish hamda хorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaхslarni qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida» (Koʻchirma)
- Rahbar qanday qilib buхgalterni nazorat qilsin
- Bukmekerlik faoliyatiga ruхsat berildi
- «Ijtimoiy sheriklik meхanizmlarining yanada takomillashtirilishi munosabati bilan sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun davlat boshqaruvi organlari tomonidan davlat ijtimoiy buyurtmasi berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida» (Koʻchirma)