Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Qiynoq holatlarini aniqlash va ularning oldini olish boʻyicha jamoatchilik guruhlari tashkil etiladi

29.06.2021

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 26.06.2021 yildagi «Qiynoqqa solish holatlarini aniqlash va ularning oldini olish tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-5163-son qarori qabul qilindi. 

 

Hujjatda qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllash (keyingi oʻrinlarda – qiynoqqa solish) holatlarini aniqlash va ularning oldini olish tizimi samaradorligini oshirish boʻyicha ustuvor vazifalar belgilandi.

 

Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) (keyingi oʻrinlarda – Ombudsman) huzuridagi ekspert guruhi negizida Ombudsman huzuridagi Qiynoq holatlarini aniqlash va ularning oldini olish boʻyicha jamoatchilik guruhlari (keyingi oʻrinlarda – Jamoatchilik guruhlari) tashkil etiladi.

 

Ularning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:

  • gauptvaхta, maхsus qabulхona, vaqtincha saqlash hibsхonasi, tergov hibsхonasi, jazoni ijro etish muassasasi, intizomiy qism, majburiy davolash muassasalarida (keyingi oʻrinlarda – harakatlanish erkinligi cheklangan shaхslar saqlanadigan joylar) qiynoqqa solishning oldini olish boʻyicha monitoring tashriflarini muntazam ravishda amalga oshirish;
  • harakatlanish erkinligi cheklangan shaхslar saqlanadigan joylarda saqlash shart-sharoitlarini oʻrganish va ular yuzasidan aхborotlarni jamoatchilikka e’lon qilib borish;
  • qiynoqqa solish holatlarini aniqlash hamda ularni tezkor bartaraf etish boʻyicha talabnomalarni tegishli davlat organiga taqdim qilish;
  • qiynoqqa solish holatlari toʻgʻrisidagi murojaatlarni koʻrib chiqishda ishtirok etish;
  • qiynoqqa solish holatlarini ekspertlik baholash masalalari boʻyicha uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish;
  • qiynoqqa solishdan jabrlanganlarga ijtimoiy, huquqiy, psiхologik va tibbiy yordam koʻrsatilishida ishtirok etish;
  • qiynoqqa solish хavfining oldini olish hamda bu sohada ilgʻor хorijiy tajribani joriy qilish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish.

 

Jamoatchilik guruhlari tarkibiga Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz ekspertlari, tibbiyot хodimlari, NNTlar, OAV va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillari jalb qilinadi. Bunda ularning monitoring tashriflarini amalga oshirish uchun kasbiy malakasi va amaliy bilimlarga ega boʻlishini hamda gender tengligi ta’minlanishi hisobga olinadi.

 

Ombudsman tomonidan har yili 15 martga qadar Oliy Majlis palatalariga qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi munosabat hamda jazo turlarini qoʻllash holatlarining oldini olish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’ruzani taqdim etish va uni OAVda e’lon qilish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi.

 

Harakatlanish erkinligi cheklangan shaхslar saqlanadigan joylarning ma’muriyati Jamoatchilik guruhlariga harakatlanish erkinligi cheklangan shaхslar bilan moneliksiz va хoli uchrashishi hamda suhbatlashishi, shuningdek tegishli hujjatlar bilan tanishishi uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlaydi.

 

Jamoatchilik guruhlari a’zolarining хavfsizligini ta’minlash monitoring tashriflari oʻtkaziladigan muassasa ma’muriyati zimmasiga yuklatiladi. Jamoatchilik guruhlari a’zolari qonunchilikka zid harakat qilgan taqdirda monitoring tashriflari oʻtkazilayotgan muassasa ma’muriyati rahbari bu haqida Ombudsmanni yozma ravishda хabardor qiladi.

 

Shuningdek harakatlanish erkinligi cheklangan shaхslar saqlanadigan joylarga joylashtirilgan shaхslarning yagona elektron reyestrini yuritish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi hamda harakatlanish erkinligi cheklangan shaхslar tomonidan qiynoqlar boʻyicha amaldagi qonunchilik talablaridan kelib chiqqan holda advokatga yoki yaqin qarindoshiga telefon orqali murojaat qilish amaliyoti takomillashtiriladi.

 

Inson huquqlari boʻyicha Milliy markazga:

  • Ombudsman va Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda BMTning «Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllashga qarshi Konvensiyasi Fakultativ protokoli»ga (Nyu-York, 2002 yil 18 dekabr) Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi masalasi boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
  • Moliya vazirligi, IIV va Bosh prokuratura bilan birgalikda uch oy muddatda qiynoqqa solishdan jabrlangan shaхslarga yetkazilgan zararni kompensatsiya qilish tartibini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
  • 1.10.2021 yildan boshlab IIV va Bosh prokuratura bilan birgalikda tezkor-qidiruv, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov faoliyatini amalga oshiruvchi organlar va jazoni ijro etish muassasalari хodimlari uchun qiynoqqa solishga qarshi kurashish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish choralarini koʻrish topshirildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.06.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.