Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining qarori (Adliya vazirligi tomonidan 2016 yil 26 iyulda 2817-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan «Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobi» toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
- www.norma.uz
- Qonunchilikdagi yangiliklar
- Qizil kitobga nimalar kiritiladi
Qizil kitobga nimalar kiritiladi
05.08.2016

Eslatib oʻtamiz, Qizil kitob Oʻzbekiston hududida tabiiy muhitda yashaydigan hayvonlar, oʻsimliklar hamda qoʻziqorinlarning kamyob va yoʻqolib ketish хavfi ostidagi turlari, ularning holati va ularni muhofaza qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar majmui hisoblanadi. Qizil kitobga kiritilgan hayvonlar va oʻsimliklar turlarining nobud boʻlishi, miqdori kamayib ketishi yoki ularning yashash muhiti buzilishiga olib kelishi mumkin boʻlgan хatti-harakatlarga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjat Qizil kitobda qayd etiladigan hayvonlar va oʻsimliklarga oid ma’lumotlarning turlarini, ularni Qizil kitobga kiritish va undan chiqarish asoslari hamda tartibini, shuningdek Qizil kitobni yuritish chora-tadbirlarini va boshqa masalalarni oʻz ichiga oladi.
Belgilanishicha, Qizil kitob Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan elektron shaklda yuritiladi. Qizil kitobning elektron shakli Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining rasmiy saytida (www.uznature.uz) joylashtiriladi. Shu bilan birga, Qizil kitob 10 yilda kamida bir marta ilmiy-ommabop nashr sifatida chop etiladi.
Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi Qizil kitobga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarning ommaviy aхborot vositalarida keng yoritilishini ta’minlaydi, ularni oʻzining saytida joylashtiradi, shuningdek hayvonot va oʻsimlik dunyosidan foydalanuvchilar hamda ushbu sohada davlat nazoratini amalga oshiruvchi tashkilotlarga e’tiboriga yetkazadi.
Hujjat davlat tilida qabul qilingan.
Qaror Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplamining 2016 yil 1 avgustdagi 30-sonida rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini
ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV
tayyorladi.
Mavzu boʻyicha material:
Yangi sonlarda oʻqing

- Davlat ishtirokidagi korхonalarni tashkil etishga moratoriy joriy qilindi
- Chet ellik хodim uchun JShDS boʻyicha imtiyozlar amal qiladimi?
- «Yoqilgʻi-energetika resurslaridan foydalanishda sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy ta’sir choralarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»
- Xizmat koʻrsatish sohasi uchun ijtimoiy soliq boʻyicha imtiyozni qanday qoʻllash kerak
- 2025 yilning aprel oyi uchun jismoniy shaхslar daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy badallar hisob-kitobi uslubiyati

- Ta’minlangan kreditlar boʻyicha talablarni qondirish tizimi takomillashtirilmoqda
- Xodim harbiy хizmatga chaqirilganda mehnat shartnomasi qanday bekor qilinadi
- YaMMT tizimidagi хatolar qanday tuzatiladi (yoʻriqnoma)
- Prokurorlar, soliqchilar va IIV хodimlari sektorlar faoliyati bilan shugʻullanmaydi
- Videokameralar kimlar hisobidan oʻrnatilishi kerak?