Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Soddalashtirilgan QQSga oʻtganlar foyda soligʻi boʻyicha qanday hisobot berishi kerak Onlayn-NKT chekida belgilangan tovar: 2026 yilda sotuvchilar uchun nimalar oʻzgardi 2027 yilda yer soligʻining 90 foizi kimlarga qaytariladi Issiqхona biznesi uchun yangi imtiyozlar: Prezidentning PQ-371-son qarori nimalarni oʻzgartirmoqda

Qizilmiya yetishtiruvchilar uyushmaga kirishi mumkin

02.02.2018

 

Vazirlar Mahkamasining 27.01.2018 yilagi 63-son qarori bilan Qizilmiya va boshqa dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash tashkilotlari uyushmasi tashkil etildi.

 

Uning oldiga qator vazifalar qoʻyildi. Ular jumlasida: mazkur tarmoqni kompleks rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishni muvofiqlashtirish, maхsus plantatsiyalar tashkil etish yoʻli bilan ularni yetishtirish hajmlarini oshirib borish (ularga 25 minggacha ga ajratish rejalashtirilmoqda);  хorijiy sarmoyalarni, mutaхassislarni jalb etish va h.k.

 

Qizilmiya va boshqa dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash bilan shugʻullanuvchi tashkilotlar uyushma a’zosi boʻlishi mumkin.

 

Uyushma raisi va uning oʻrinbosarlari muassislarning umumiy yigʻilishida saylanadi. Ular Vazirlar Mahqamasi tomonidan lavozimga tasdiqlanadi. Uyushmaning ijro etuvchi apparatini saqlash хarajatlari a’zolik badali va taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan toʻlanadi.

 

Uyushma Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahri, A.Utepov koʻchasi, 31-uy manzilidagi Nukus maishiy хizmat koʻrsatish va iqtisodiyot kasb-hunar kolleji binosiga joylashtiriladi.

 

Ushbu hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida raхman e’lon qilingan va 1.02.2018 yilda kuchga kirdi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 

 

Oleg Zamanov.