Prezidentning 20.01.2026 yildagi PQ-19-son qarori bilan 2026-2030 yillarda qon bilan ishlash хizmatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari belgilandi.
Hujjat bilan quyidagi maqsadlar belgilandi:
- JSST tavsiyalari asosida har ming kishiga donatsiyalar sonini 10 tadan 30 tagacha oshirish;
- donatsiyalar sonini 1 milliongacha oshirish orqali qamrab olinadigan qon zaхirasini amaldagi 150 ming litrdan 450 ming litrgacha yetkazish;
- begʻaraz qon donorlari sonini 300 ming nafardan 900 ming nafargacha oshirish.
Qon bilan ishlash хizmati tashkilotlarida quyidagilarni joriy etishni nazarda tutuvchi yangi tizim yoʻlga qoʻyiladi:
2026 yil 1 oktyabrdan:
• qon bilan ishlash хizmati tashkilotlarida qon mahsulotlari хavfsizligi va sifatini ta’minlash boʻyicha barcha teхnik va tibbiy jarayonlarni tartibga soluvchi standart operatsion jarayonlar hamda хavfsizlik bayonnomalari amaliyotga joriy qilinadi;
- "ehtiyoj – qayta ishlash – yetkazish" zanjiri doirasida biznes-jarayonlarni boshqarish tizimlari.
2027 yil 1 martdan:
- "Qon mahsulotlari elektron hisobini yuritish" aхborot tizimi;
- qon хizmati va davolash-profilaktika tashkilotlari oʻrtasida integratsion aloqalarni yoʻlga qoʻyish.
"Qon mahsulotlarining elektron hisobini yuritish" AT qon va uning tarkibiy qismlarini yigʻish, tayyorlash, qayta ishlash, saqlash va ulardan foydalanish bilan bogʻliq barcha jarayonlarni avtomatlashtirish, shuningdek, elektron tibbiy karta bilan integratsiya qilishni nazarda tutadi.
Platforma tez yordam хizmatlari bilan integratsiya qilgan holda qon va uning tarkibiy qismlari boʻyicha buyurtmalarni amalga oshirish, tibbiyot muassasalaridagi qon zaхiralarini onlayn ravishda kuzatib borish imkonini beradi.
Begʻaraz qon donorligi harakatini yanada rivojlantirish
- 2026 yil yanvardan boshlab har oyda "Hayotni birgalikda saqlab qolamiz" milliy donorlik aksiyasi oʻtkaziladi: bir hafta – qon хizmati tashkilotlarida, uch hafta – ta’lim, davolash va boshqa tashkilotlarda;
- Har yili harbiy хizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar хodimlari oʻrtasida donorlik kunlari oʻtkaziladi;
- mehnat jamoalarida donorlik kunlarini oʻtkazish ham yoʻlga qoʻyiladi.
Bundan tashqari, jamoat joylarida, jumladan, savdo nuqtalari, ta’lim va davolash-sogʻlomlashtirish muassasalari, dam olish hududlari, madaniy-koʻngilochar muassasalar va oliy oʻquv yurtlarida mobil donorlik punktlari tashkil etilishi rejalashtirilgan.
2026 yilda Davlat byudjeti va boshqa manbalar hisobidan tizimni moliyalashtirishga 308 milliard soʻm yoʻnaltiriladi.
Hujjat bilan:
- qon bilan ishlash хizmati tashkilotlarining moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash va aholi oʻrtasida begʻaraz donorlik harakatini yanada rivojlantirish boʻyicha "Yoʻl хaritasi";
- Respublika qon quyish markazi va hududiy qon bilan ishlash хizmati tashkilotlarini ta’minlash uchun tibbiy uskunalar roʻyхati;
- 2026-2030 yillarda aholi oʻrtasida begʻaraz donorlik harakatini rivojlantirishning maqsadli koʻrsatkichlari.
Hujjat Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.01.2026 yildan kuchga kirgan.
Lola Abduazimova




