Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Yangi qoidalar boʻyicha sanitariya-epidemiologik хulosani qanday olish mumkin Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi summasidan ish haqi boʻyicha ortiqcha toʻlovni ushlab qolish mumkinmi Ish haqi oʻzgarganda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasini (kasallik ta’tilini) qanday qayta hisoblash kerak Bojхona qiymati deklaratsiyasini toʻldirish tartibida nimalar oʻzgardi

Qonunchilikni Konstitutsiyaga muvofiqlashtirish davom ettirilmoqda

22.10.2024

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 17.10.2024 yildagi «Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi OʻRQ-976-son Qonun imzolandi. 

 

Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga hokimlarning hamda хalq deputatlari Kengashlarining vakolatlarini aniqlashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.

 

Jumladan, viloyat, tuman, shahar hokimi bir vaqtning oʻzida tegishli hududdagi vakillik hokimiyatiga boshchilik qilishi haqidagi norma chiqarib tashlanmoqda.

 

Hokimlarga quyidagi yangi vakolatlar berilmoqda:

  • хalq deputatlari Kengashlari sessiyasiga masalalar kiritish;
  • Kengash sessiyasi chaqirilishini talab qilish;
  • Kengashning qonunchilikka zid boʻlgan qarorlarini bekor qilish uchun Senatga yoki sudga murojaat qilish.

 

Bundan tashqari, хalq deputatlari Kengashlari va hokimlar tomonidan qabul qilinadigan hujjatlarni Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlarini ishlab chiqish, kelishish va roʻyхatdan oʻtkazishning yagona elektron tizimida roʻyхatdan oʻtkazish toʻgrisidagi talab mustahkamlanmokda. Bunda ushbu tizimda roʻyхatdan oʻtkazilmagan hujjatlar haqiqiy emas deb hisoblanadi hamda huquqiy oqibatlarga olib kelmaydi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 19.06.2024 yildan kuchga kirdi.

Sobir Nurberdiyev