Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Qora metall parchalari va chiqindilari bilan ishlash qoidalarini buzganlik uchun jarima solinadi

25.07.2018

Rus tilida oʻqish

20.07.2018 yildagi OʻRQ–485-son Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks 2191-modda bilan toʻldirildi. Unda qora metall parchalari va chiqindilari bilan ishlash qoidalarini buzganlik uchun jazo choralari nazarda tutilgan. Ilgari bu rangli metallar, ularning parchalari va chiqindilariga daхldor boʻlgan.



Tahririyatdan: ushbu hujjat va 75 000 ta boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tushuntirishlari bilan birga «OʻzR qonunchiligi» AQTda jamlangan. Namoyish versiyasini bu yerda yuklab oling (32,1 MB).


 

Bundan buyon qora metall parchalari va chiqindilarini tayyorlash, olish, ulardan foydalanish hamda ularni sotish qoidalarini buzish quyidagi miqdorlarda jarimalar solinishiga sabab boʻladi:

  • fuqarolarga – EKIHning 10 baravaridan 15 baravarigacha (material e’lon qilingan sanada 1 843 000 soʻmdan 2 764 500 soʻmgacha);
  • mansabdor shaхslarga – EKIHning 15 baravaridan 50 baravarigacha (material e’lon qilingan sanada 2 764 500 soʻmdan 9 215 000 soʻmgacha).

­

Bunda qoidabuzarlik ashyosi boʻlgan qora metall parchalari va chiqindilari musodara qilinadi.

 

Ta’kidlab oʻtamiz, mamlakatda qora metall parchalari va chiqindilarini tayyorlash (sotib olish) bilan faqat «Oʻzmetkombinat» AJ shugʻullanadi. Aholi va tashkilotlardan metall parchalarini qabul qilish bilan bogʻliq masalalar Rangli va qora metallar parchalari, chiqindilari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisida nizom bilan tartibga solinadi (sharhga qarang).  

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 21.07.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.


 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_