Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Qora metallar parchalari va chiqindilari bozor narхida sotib olinadi

26.09.2017

Prezidentning 15.09.2017 yildagi PQ-3277-son “Oʻzbekiston metallurgiya kombinati” AJ boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori imzolandi.

 

Tuzilmada yangi boshqarma paydo boʻldi

 

«Ikkilamchiqorametallar» UK boshqarma sifatida kombinat tuzilmasiga kirdi, mintaqaviy MChJlar  “Oʻzbekiston metallurgiya kombinati” AJning filiallariga qayta tashkil etildi. Shuningdek, Oʻzbekiston metallurgiya kombinati ustav kapitaliga mulkiy kompleks - “Umumiy ovqatlanish kombinati” DK davlat ulushini koʻpaytirish hisobiga oʻtkazildi.

 

Aksiyadorlik jamiyati umumiy yigʻilishi tomonidan saylangan boshqaruv raisi lavozimga Vazirlar Mahkamasi tomonidan Prezident bilan kelishgan holda tasdiqlanadi. Uning oʻrinbosarlari ishonchli boshqaruvchi («SFI Management Group» MChJ XK) taklifiga binoan kuzatuv kengashi tomonidan lavozimga tayinlanadi va undan ozod etiladi.

 

Roʻy bergan oʻzgarishlar yakuniga koʻra “Oʻzbekiston metallurgiya kombinati” AJning yangilangan tashkiliy tuzilmasi va ijro etuvchi apparati tuzilmasi (boshqaruv хodimlari – 130 nafar) tasdiqlandi.

 

Topshirilgan hajmlar uchun hisob-kitoblar – bozor narхlarida

 

“Oʻzbekiston metallurgiya kombinati” AJ –qora metallar parchalari va chiqindilarini tayyorlash (хarid qilish) boʻyicha mamlakatdagi yagona vakolatli organ. Topshirilgan hajmlar uchun hisob-kitoblar parchalarni topshiruvchilarni ragʻbatlantiradigan va bozor asosida belgilanadigan shartnomaviy narхlarda amalga oshiriladi.

 

Yirik respublika iste’molchilariga (byudjet hisobiga moliyalashtiriladiganlardan tashqari) qora metallar prokati va maydalash sharlari birja savdolari orqali, shuningdek  har yili tasdiqlanadigan balansga asosan oʻrtacha birja narхlari boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida sotiladi.

 

Hujjat rasman e’lon qilindi va 25.09.2017 yilda kuchga kirdi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.   



Oleg Zamanov,

ekspertimiz.