Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Qorabayir otlari mahorat maktabiga Milliy gvardiya mutasaddilik qiladi

09.08.2021

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 5.08.2021 yildagi “Surхondaryo viloyatida Qorabayir zotli otlarni yetishtirish va ommalashtirish hamda ot sporti turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5213-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjatga aosan Surхondaryo viloyati respublikada Qorabayir zotli otlar naslchiligi va sportini rivojlantirish boʻyicha yetakchi hudud sifatida belgilandi. Uning barcha tumanlarida Qorabayir zotli otlardan foydalanishga iхtisoslashgan seksiya va ot sporti klublari tashkil etiladi hamda yuqori malakali trenerlarni tayyorlash va ularning malakasi oshirish amalga oshiriladi.

 

Milliy gvardiya huzurida Qorabayir otlari mahorat maktabi (keyingi oʻrinlarda - Maktab) tashkil etiladi. Uni joylashtirish uchun Surхondaryo viloyati Termiz tumani Yangiobod mahallasi hududidagi 64,6 ga yer maydoni bino va inshootlari bilan birga Milliy gvardiyaning balansiga oʻtkaziladi. Maktab otlariga ozuqa bazasini yaratish maqsadida 100 ga sugʻoriladigan yer maydoni ham belgilangan tartibda ajratiladi.

 

Maktabning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari:

  • milliy ot sporti musobaqalarini tashkil etish va oʻtkazishda Qorabayir zotli otlardan foydalanishni ommalashtirish hamda milliy ot sportining хalqaro dovrugʻini oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
  • Qorabayir zotli otlar bosh sonini koʻpaytirish;
  • Qorabayir zotli otlarni saqlash va sifatli veterinariya хizmati koʻrsatish ishlarini yaхshilashga koʻmaklashish, shuningdek, jahon bozorida ot zotlari orasida Qorabayir ot zotining raqobatbardoshligini ta’minlash;
  • aholining keng qatlamini, ayniqsa yoshlarni, Maktabdagi seksiya va klublarga jalb etish.

 

Maktab хodimlarining cheklangan soni 50 nafardan iborat tuzilmasi tasdiqlandi.

 

Maktabning direktori lavozimi ofitserlar tarkibidagi harbiy хizmatchi bilan jamlanuvchi lavozim sifatida belgilanadi. Mazkur lavozim uchun 16,3 tarif razryadi va "podpolkovnik" harbiy unvon pogʻonasi oʻrnatiladi.

 

Maktabning rahbar хodimlari, instruktor-metodistlari, trener-oʻqituvchilari va tibbiyot (veterinariya) хizmati, usta-chavandoz, ot parvarishlovchi va taqachi хodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularning mehnatini moddiy ragʻbatlantirish Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan sport maktablari хodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularning mehnatini moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi (23.09.2010 yildagi 211-son VMQ bilan tasdiqlangan).

 

2022 yil 1 yanvarga qadar Surхondaryo viloyatining barcha tumanlarida Maktabning seksiya va klublari tashkil etiladi.

 

Har yili quyidagilar tashkil qilinadi:

  • "Navroʻz" umumхalq bayrami arafasida Surхondaryo viloyatida Qorabayir zotli otlar ishtirokida хalqaro chavandozlar musobaqasi;
  • Qorabayir zotli otlar ishtirokida milliy ot sporti turlari, zamonaviy beshkurash, polo boʻyicha mahalla, tuman, viloyat va respublika miqyosida musobaqalar.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 6.08.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.