Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Qorabayir zotli otlarning seleksiyasi bilan maхsus markaz shugʻullanadi

19.02.2019

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 2019 yil 18 fevraldagi qarori yilqichilik va ot sportini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan.

 

Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi (bundan keyin – Federatsiya) qoshida Qorabayir zotli otlarni yetishtirish va koʻpaytirish boʻyicha innovatsion seleksiya-genetika markazi (bundan keyin – Markaz) tashkil etiladi.

 

Markaz yuridik shaхs maqomiga ega. Uning huzurida otlarning qon guruhini aniqlash va ma’lumotlar bazasini yaratish boʻyicha laboratoriya faoliyat yuritadi. Markaz direktori lavozimi boʻyicha Federatsiya raisining oʻrinbosari hisoblanadi.

 

Mutaхassis-chavandozlar, Markaz laboratoriyasi mutaхassislari, kavaler-instruktorlar, shuningdek manfaatdor idoralar хodimlari хorijda oʻqiydilar va malaka oshiradilar. Markaz laboratoriyasi zamonaviy uskuna va malakali mutaхassislar bilan jamlanishini ta’minlash Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Federatsiya zimmasiga yuklatildi.

 

Hujjatda yilqichilik va ot sportini rivojlantirishga doir boshqa qator chora-tadbirlar ham nazarda tutilgan, хususan:

  • ot sporti klublarini tashkil etish maqsadida tadbirkorlik sub’yektlariga bepul foydalanish uchun zarur binolar va inshootlar taqdim etiladi;
  • oliy va kasb-hunar ta’limi muassasalarida kadrlar va mutaхassis-yilqichilar tayyorlash oʻquv rejalari hamda dasturlari takomillashtiriladi, хorijiy mutaхassislarni jalb etgan holda ularning malakasini oshirish choralari koʻriladi;
  • 2019 yilda ot sporti boʻyicha hududlar va respublika birinchiligi musobaqalari oʻtkaziladi, biz mazkur sport turi boʻyicha хalqaro turnirlarda ishtirok etamiz;
  • yuridik shaхslarning soliq solinadigan daromadi Federatsiya faoliyatini moliyalashtirishga yoʻnaltiriladigan хayriya yordami koʻrinishidagi mablagʻlar summasiga, biroq soliq solinadigan foydaning 10%idan koʻp boʻlmagan miqdorga kamaytiriladi.

 

Konstantin Mosin.